MADANIY GʻOʻZALAR

MADANIY GʻOʻZALAR — ekib kelinayotgan, qimmatli xoʻjalik belgilariga ega gʻoʻza turlari. Tabiatda maʼlum boʻlgan 50 tur gʻoʻzadan 4 tasi madaniylashtirilgan: hindixitoy gʻoʻzasi (G.arboreum L.), afrika-osiyo gʻoʻzasi (G. herbaceum L.), Meksika gʻoʻzasi (G. hirsutum L.), peru gʻoʻzasi (G. barbadense L.). Gʻoʻzaning madaniy shakllari yovvoyi turlardan tabiiy tanlanish va sunʼiy tanlash, qulay yashash sharoiti hamda evolyutsiya jarayonida … Читать далее

PEDAGOGIKA

PEDAGOGIKA (yun. paidagogike) — tarbiya, taʼlim hamda maʼlumot berishning nazariy va amaliy jihatlarini oʻrganuvchi fanlar majmuasi. Ped. institutlari va ayrim boshqa oʻquv yurtlarida mutaxassislik dasturi asosida oʻrganiladigan oʻquv predmeti ham Pedagogika deb yuritiladi. Pedagogika fan sifatida bola tarbiyasining nazariy asoslari bilan shugʻullangan. Zamonaviy Pedagogika bolalar bilan birgalikda kattalarning ham oʻquv-tarbiyaviy, madaniy hamda maʼnaviymaʼrifiy tarbiyasi bilan … Читать далее

PATOLOGIYA

PATOLOGIYA (yun. pathos — kasallik va ..logiya) — nazariy va klinik tibbiyot sohasi; kasallikning paydo boʻlish sa-babi, rivojlanish qonuniyati, kechishi va okibatini oʻrganadi. Patologik jarayonlarning umumiy qonuniyatlari va sabablari umumiy Patologiyada, ayrim aʼzo va sistemalar kasalliklari xususiy Patologiyada oʻrganiladi. Patologiya patologik anatomiya va patologik fiziologiyata boʻli-nadi. Bundan tashqari, eksperimental, qiyosiy, klinik Patologiya, oʻlka P. si, … Читать далее

PARAZITIZM

PARAZITIZM (yun. parasitos — tekinxoʻr, hamtovoq, parazit va ismos — kasallik holati) — (biologiyada) oziklanish orqali bogʻlangan va oʻzaro moddalar almashinuviga asoslangan, genetik jihatdan turlicha boʻlgan organizmlarning tarixiy shakllangan assotsiatsiyasi. Parazitizmda bir organizm (parazit) ikkinchi organizm (xoʻjayin)dan yashash muhiti va ozik, manbai sifatida foydalanadi: ikkala organizm ham oʻzaro antagonistik munosabatda boʻladi. Bundan tashqari, parazit—xoʻja-yin munosabatlari … Читать далее

PIGMENT HUJAYRALAR

PIGMENT HUJAYRALAR, xromotoforlar — neyroektodermadan hosil boʻladigan, erkin joylashgan yoki epiteliy tarkibiga kiruvchi hujayralar; koʻpchilik umurtqasizlar va barcha umurtqali hayvonlarda teri va uning hosilalari (pat, yung), koʻzning rangini belgilovchi pigmentlarni sintez qiladi. Pigment hujayralar organizmni ultrabinafsha nurlardan himoya qilish, termoregulyatsiya funksiyasini bajaradi. Pigment hujayralar hayvonlar jinsni tanib olishi va ular rangining xilma-xil boʻlishida katta ahamiyatga … Читать далее

MUQADDAS KITOBLAR

MUQADDAS KITOBLAR, ilohiy kitoblar — muayyan dinda muqaddas va ilohiy hisoblanadigan kitoblar. Buddizmda Tripitaka, hinduiylikda vedalar va upanishadlar, xristianlikda Bibliya, yahudiylikda Tavropg, islomda Qurʼon shunday kitoblardan hisoblanadi. Islom dini taʼlimotiga koʻra, Alloh oʻtgan pay-gʻambarlarning baʼzilariga sahifalar, baʼzilariga esa kitoblar nozil qilgan. Ular 100 sahifa va 4 kitobdan iborat. 100 sahifadan 10 sahifani Odam (as) ga, … Читать далее

PIRANYALAR

PIRANYALAR, piranyasimonlar (Serrasalmidae) — chuchuk suv balikdari oilasi. Uz. 25—60 sm. Gavdasi 2 yondan yassilashgan. Jagʻlarida oʻtkir tishlari bor. 15 turi Amazonka va Orinoko daryolari havzasida, Jan. Ameri-kaning shim.-sharqiy qismida tarqalgan. Yirtqich, gala boʻlib yashaydi. Balikdar va b. hayvonlarga hujum qila-di; odam uchun ham xavfli. Oddiy Piranyalar toʻdasi bir necha minut davomida vazni 50 kg … Читать далее

MUSKULLAR

MUSKULLAR, mushaklar — odam va hayvonlar gavdasi aʼzolari; nerv impulslari taʼsirida qisqarish xususiyatiga ega toʻqima (muskul toʻqimasi)dan tashkil topgan. Silliq, koʻndalangtargʻil va yurak muskullari birgalikda organizmning muskul sistemasini tashkil etadi. Harakatlanishda asosiy rol oʻynaydi. Koʻndalangtargil va silliq Muskullarga boʻlinadi. Silliq muskul lardan ichki aʼzolar, qon va limfa tomirlari devorining muskul pardalari, shuningdek, teri muskullari hosil … Читать далее

MIZOJ

MIZOJ (arab) ., temperament — shaxs faoliyatining individual xususiyatlari, yaʼni alohida psixik jarayon va holatidagi tempi, ritmi, intensivligi tavsifi, fiziologik jihatdan nerv sistemasi faoliyatining tiplariga bogʻliq. Bu kishidagi hissi-yotning qoʻzgʻalishi va uning umumiy harakatchanligida namoyon boʻladi. Har qaysi kishidagi hissiyotning qoʻzgʻalish tezligi, kuchi va barqarorligi har xil. Bu organizmning atrof muhit taʼsiriga javoban koʻrsatadigan ixtiyorsiz … Читать далее

MOʻMIN

MOʻMIN (arab. — eʼtiqod qiluvchi, dinga ishonuvchi) — ilk islom davrida Madina jamosi (q. Umma) aʼzosi. Sharʼiy amallarni toʻkis bajaruvchi shaxs esa muslim deb atalgan. Moʻmin va muslim lugʻaviy jihatdan bir-biridan tafovut qilingan. Keyinchalik ular bir mazmunda tushuniladigan boʻlgan. Qurʼ-onda Moʻmin soʻzi Allohning sifati va dindor eʼtiqodining ichki, axloqiy tomonini aks ettiruvchi alohida tushuncha sifatida … Читать далее