MUSSONLAR

MUSSONLAR (frans. moussons; arab, mavsum — yil fasllari) — Yer yuzasida va troposferaning quyi qismida doimo bir tomonga esadigan va faqat yil fasllarining almashinishi b-ngina oʻz yoʻnalishini qarama-qarshi tomonga oʻzgartiradigan havo oqimi. Bunda quruq, kam bulutli havo oʻrnini sernam, seryogʻin havo oladi (yoki, aksincha boʻladi). Mussonlarning hosil boʻlishida materik bilan okeanning turlicha isishi sabab boʻladi. … Читать далее

MIZOJ

MIZOJ (arab) ., temperament — shaxs faoliyatining individual xususiyatlari, yaʼni alohida psixik jarayon va holatidagi tempi, ritmi, intensivligi tavsifi, fiziologik jihatdan nerv sistemasi faoliyatining tiplariga bogʻliq. Bu kishidagi hissi-yotning qoʻzgʻalishi va uning umumiy harakatchanligida namoyon boʻladi. Har qaysi kishidagi hissiyotning qoʻzgʻalish tezligi, kuchi va barqarorligi har xil. Bu organizmning atrof muhit taʼsiriga javoban koʻrsatadigan ixtiyorsiz … Читать далее

MUQADDAS UCHLIK

MUQADDAS UCHLIK, troitsa — 1) xristianlikning asosiy aqidalaridan biri. Unga koʻra, xudo mohiyatan yagonadir, lekin u 3 qiyofada namoyon boʻladi: ota-xudo, oʻgʻil-xudo (Iso Masih), muqaddas ruhxudo. Muqaddas uchlik aqidasi 1 – (325-y.) va 2 – (381-y.) Jahon soborida rasmiylashtirildi. Koʻp sektalar ratsionalistik mavqedan turib uni inkor etdilar; 2) xristianlikning asosiy bayramlaridan biri. Pasxadan keyin 50kuni … Читать далее

MURILYO

MURILYO (Murillo ) Bartolome Esteban (1618.1.1 — Sevilya — 1682.2.4) — ispan rassomi, Sevilya BA asoschilaridan va uning birinchi prezidenti. Sevilyada oʻqigan va ishlagan. Murilyoning karavajizm taʼsiri kuzatiladigan dastlabki asarlaridayoq diniy sahnalar xalq hayotidan lavhalar koʻrinishida tasvirlanadi. 1650-y. lardan asarlarini tilla rangli nursoya bilan boyitilgan oʻta tasviriy uslubga (ayniqsa, manzarali zaminlarda) oʻta borib, diniy kompozitsiyalar, … Читать далее

MUZEYSHUNOSLIK

MUZEYSHUNOSLIK, muzeologiya — muzeylar tarixi, ularning ijtimoiy vazifalari, muzey ishi nazariyasi va metodikasi masalalarini oʻrganadigan fan tarmogʻi. Muzeyshunoslik tizimiga muzey ishi nazariyasi, muzey ishi tarixi (muzey tarixshunosligi b-n), muzey manbashunosli-g i , muzeylar va muzey tadqiqotlari faoliyatiga doyr barcha oʻziga xos tomonlarni oʻrganuvchi ilmiy metodika kiradi. Muzeyshunoslik muzey buyumlarini jamlash, muzeyga keluvchilarni oʻrganish jarayonida dala … Читать далее

MUHAMMAD

MUHAMMAD, Muhammad ibn Abdulloh (570/571, Makka — 632, Madina) — islom dini va birinchi musulmonlar jamoasi asoschisi. Musulmonlar eʼtiqodiga koʻra, Allohning oxirgi paygʻambari va uning elchisi. Shu maʼnoda uni Rasululloh, Rasuli Akram deb atash odat tusiga kirgan. Baʼzi diniy manbalarda Muhammadning 99 nomi keltiriladi. Islom taʼlimotiga koʻra, Muhammad nomini aytgan yoki eshitgan kishi «sallalohu alayhi … Читать далее

MUSIQA

MUSIQA (yun. mousiche — muzalar sanʼ-ati) — inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovush (ton, nagʻma)lar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi sanat turi. Uning mazmuni oʻzgaruvchan ruhiy holatlarni ifodalovchi mu-ayyan musiqiybadiiy obrazlardan iborat. Musiqa insonning turli kayfiyatlari (mas, koʻtarinkilik, shodlik, zavklanish, mushohadalik, gʻamginlik, xavf-qoʻrquv va b.)ni oʻzida mujassamlashtiradi. Bundan tashqari, Musiqa shaxsning irodaviy … Читать далее

MONOLOGIK NUTQ

MONOLOGIK NUTQ — soʻzlovchining oʻziga qaratilgan, boshqa shaxsning tinglash va javob berishini eʼtiborda tutmaydigan nutq shakli. Ayrim dramatik asarlarda personajning Monologik nutqi tomoshabinga qaratilgan boʻladi. Monologik nutq nasriy asarlarda ham bor. Nazmda esa asosiy nutq shakllaridan biri hisoblanadi. Baʼzan Monologik nutqda asarning kulminatsion nuqtasi bayon etiladi. Monologik nutq uchun, odatda, tuzilish va mazmun jihatdan oʻzaro … Читать далее

MONITORING

MONITORING (ing. monitoring — kuzatish, nazorat qilish) — maʼlum bir hodisa yoki jarayonning holatini kuzatish, hisobga olish, baholash va istiqbolini belgilash. Monitoring kundalik hayotning barcha sohalarida qoʻllanadi. Mac, ekologiya sohasida yer fondi holati boʻyicha kuzatishlar tizimi yer Monitoringi deb ataladi. Bunday Monitoring yerdagi oʻzgarishlarni oʻz vaqtida aniqlash, ularni baholash, salbiy jarayonlarning oldini olish va bartaraf … Читать далее

MIKROELEMENTLAR

MIKROELEMENTLAR — organizm, oʻgʻit, rudalarda kam mikdorda (odatda, Eng muhim mikroelementlarning asosiy fiziologik va gigiyenik xususnyatlariga taʼsir etadi, immunitet reaksiyalari, qon hosil qilish va toʻqimaning nafas olishida qatnashadi, hayvonlarda yetishmasa ozadi, boʻyi oʻsmaydi, skeleti rivojlanmaydi. Boʻy oʻsishi va organizm rivojlanishiga yordam beradi, qon hosil qilish, immun reaksiyalar va toʻqimaning nafas olishida qatnashadi. Fermentlar tarkibiga kiradi, … Читать далее