MURUNTOV OLTIN KONI

MURUNTOV OLTIN KONI — Markaziy Qizilqumning Muruntov ruda maydoni mintakasidagi kon. Navoiy sh. dan 180 km shim. da, Zarafshon sh. dan 40 km sharqda, Tomditovning jan. etagida joylashgan. Ruda zaxiralarining koʻlami, rudani qazib olish texnologik sharoitlarining qulayligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatining yuqoriligi va b. xususiyatlariga koʻra dunyodagi noyob konlar sirasiga kiradi. Markaziy Osiyo, xususan, Markaziy … Читать далее

MAKROEVOLYUTSIYA

MAKROEVOLYUTSIYA (makro… va evolyutsiya) — turlardan yuqori taksonlar [urugʻlar (turkumlar),oilalar, turkumlar (tartiblar), sinflar va b. ] ning hosil boʻlishiga olib keladigan evolyutsion jarayon. «M» termini rus biologi Yu. A. Filipchenko (1927) tomonidan taklif etilgan boʻlib, ayrim olimlar unga oʻziga xos jarayon sifatida qarashadi. Lekin koʻpchilik olimlarning fikricha, Makroevolyutsiya oʻziga xos mexanizmga ega boʻlmasdan, faqat mikroevolyutsiya … Читать далее

MELANOZ

MELANOZ (yun. melano — qorayaman) — aʼzo va toʻqimalarda (teri, koʻz toʻr pardasi va b.) melaninlar guruhiga mansub jigarrang yoki qora pigmentlarning jadal hosil boʻlishi va ortiqcha yigʻilishi. Tugʻma va turmushda orttirilgan Melanoz farq qilinadi. Tugʻma Melanoz sepkil yoki pigmentli tugʻma dogʻ koʻrinishida namoyon boʻladi. Turmushda orttirilgan Melanoz aksari ichki sekretsiya bezlari (buyrak usti bezlari, … Читать далее

MATERIALIZM

MATERIALIZM (lot. materialis — moddiy) — falsafadagi asosiy oqimlardan biri; moddiy, tabiiy, jismoniy olamning obyektiv ravishda, yaʼni uning iroda, ruh, ongga bogʻliq boʻlmagan holda mavjudligini va ularga nisbatan birlamchiligini taʼkidlashga asoslangan falsafiy taʼlimot. Idealizmnit muqobili. Materializm ruhiy hodisalar va qadriyatlarning mustaqil mavjudligini inkor etadi va ularni olamning birlamchi boʻlgan moddiy asosi rivojining oliy darajasida vujudga … Читать далее

MARKAZII NERV SISTEMASI

MARKAZII NERV SISTEMASI — odam va hayvonlar nerv sistemasining asosiy qismi; nerv hujayralari (neyronlar) va ularning oʻsimtalaridan tarkib topgan. Markazii nerv sistemasi umurtqasiz hayvonlarda oʻzaro birikkan nerv tugunlari (gangliy) sistemasidan, umurtqali hayvonlar va odamda bosh miya va orka miyadan iborat. Markazii nerv sistemasi va periferii, nerv sistemasi funksional jiqatdan bir butun sistema boʻlib, sezuvchi (afferent) … Читать далее

MASJID

MASJID, machit (arab. — sajda qilinadigan joy) — musulmonlar jamoa boʻlib, namoz oʻqiydigan joy, ibodatxona. M. lar, asosan, kundalik besh vaqt namoz oʻqish uchun moʻljallangan. Juma va hayit namozlari esa jome masjidlarida oʻqiladi. Birinchi Masjidni Madinada Muhammad (sav) qurdirgan. Masjidlar dastlab shaharlarda, keyinchalik qishloq va mahallalarda barpo etilgan. Masjid larning toʻrida, Makkaga qaragan (qibla) tomonida … Читать далее

MALINKE

MALINKE, maninka — Gʻarbiy Afrikada tarqalgan mande tillaridan biri, bamana va diula tillari bilan birgalikda mandingo til birligini tashkil etadi. Senegal, Gvineyada, qisman Mali, Liberiya, Syerra-Leoneda tarqalgan; unda 4 mln. ga yaqin kishi soʻzlashadi. Anchagina laxjalari bor: konya, koranko, manya, mau sinya va b. M. da unlilar tizimi rivojlangan: ochiq, choʻziq va burun fonemalar; bu … Читать далее

MUQIMIY TEATRI

MUQIMIY TEATRI, Muqimiy nomidagi Oʻzbek davlat musiqali drama teatri — Oʻzbekistonning yirik teatrlaridan biri. 1939-y. 30-noyabrda komik aktyor M. Miroqilov tashabbusi bilan Respublika komediya va satira teatri sifatida tashkil etilib, faoliyatini «Burungi qozilar yoki Maysaraning ishi» (Hamza) spektakli (rej. M. Miroqilov) bilan boshlagan. Ijodiy guruh 45 kishidan iborat boʻlib, Mirshohid Miroqilov — badiiy rahbar, F. … Читать далее

MUHABBAT

MUHABBAT, sevg i — 1) biror shaxsga yoki kishilar guruhiga, gʻoyaga yoki amaliy faoliyatga nisbatan in-tim va kuchli tuygʻu. Nafratning aksi. Shaxs ichki dunyosining eng erkin ifodasi sifatida yuzaga keladi. Muhabbat tuygʻusining ulugʻvorligi va murakkabligi shundaki, unda biologik va maʼnaviy, shaxsiy va ijtimoiy, in-tim va umumiy holatlar bamisoli bir nuqtaga toʻplanadi. Ijtimoiy fikrlar tarixida Muhabbatga … Читать далее

PEDAGOGIKA

PEDAGOGIKA (yun. paidagogike) — tarbiya, taʼlim hamda maʼlumot berishning nazariy va amaliy jihatlarini oʻrganuvchi fanlar majmuasi. Ped. institutlari va ayrim boshqa oʻquv yurtlarida mutaxassislik dasturi asosida oʻrganiladigan oʻquv predmeti ham Pedagogika deb yuritiladi. Pedagogika fan sifatida bola tarbiyasining nazariy asoslari bilan shugʻullangan. Zamonaviy Pedagogika bolalar bilan birgalikda kattalarning ham oʻquv-tarbiyaviy, madaniy hamda maʼnaviymaʼrifiy tarbiyasi bilan … Читать далее