MINERAL SUVLAR

MINERAL SUVLAR — tarkibida baʼzi bir kimyoviy elementlar va birikmalar, shuningdek, gazlar boʻlgan suvlar. Tarkibidagi erigan minerallarning umumiy miqdori 1 g/l gacha boʻlgan suvlar chuchuk hisoblanadi. Baʼzi dengiz va koʻl suvlari ham Mineral suvlarga kiradi. Mineral suvlarning maʼlum shifobaxsh xususiyatiga va iqtisodiy jihatdan uzoq muddat foydalanish uchun yetarli miqdorga ega boʻlganlari mineral suv manbalari deb … Читать далее

PAXTA

PAXTA, chigitli paxta — gʻoʻzaning tola va chigitdan iborat asosiy mahsuloti. Paxta tozalash korxonasida Paxtaga dastlabki ishlov berish jarayonida chigitdan, avval, toʻqimachilik sanoatining ehtiyoji uchun asosiy mah-sulot — tola (uz. 20 mm dan uzun) aj-ratib olinadi. Shuning uchun butun du-nyoda Paxta tolaning sifatiga qarab baholanadi. Keyin chigitdan kimyo va mahalliy sanoat korxonalarida qoʻlla-niladigan lint (momiq) … Читать далее

PIROPLAZMOZ

PIROPLAZMOZ — qoramol, ot, choʻchqa va itlarda uchraydigan invazion kasallik. Piroplasma turkumiga mansub qon parazitlari keltirib chiqaradi. Qoʻzgʻatuvchisi oraliq xoʻjayin ishtirokida uning qizil qon tanachalari va ichki parenximatoz organlarida koʻpayadi. Piroplazmozni yaylov kanalari tarqatadi. Mavsumiy kasallik. Kasallangan hayvonda isitma, sariklik, kamqonlik va qon siyish kabi belgilar paydo boʻladi. Echki va qoʻylarda babezioz bilan bir vaktda … Читать далее

MINERAL

MINERAL (frans. mineral — ruda) — Yer (va b. kosmik jismlar)ning sirti va ichida fizikkimyoviy jarayonlar natijasida hosil boʻlib, kimyoviy tarkibi va fizik xususiyatlari bir biriga oʻxshash boʻlgan tabiiy jism; asosan, togʻ jinslari, ruda va meteoritlarning tarkibiy qismi. Mineral aksariyat qattiq jismlar; kam hollarda suyuq Mineral ham (mas, tugma simob) uchraydi. Suvning Mineralga mansubligi baxsli, … Читать далее

MIKROBIOLOGIYA INSTITUTI

MIKROBIOLOGIYA INSTITUTI, Oʻzbekiston FA mikrobiologiya ilmiy tadqiqot instituti — nazariy va eksperimental mikrobiologiya hamda biotexnologiya masalalari boʻyicha yirik ilmiy markaz. 1947-y. Oʻzbekiston FA Zoologiya va botanika in-tida mikrobiologiya lab., 1965-y. mazkur lab. negizida mikrobiologiya boʻlimi tashkil etilib, 1977-y. in-tga aylantirildi. In-tning asosiy ilmiy yoʻnalishi Oʻrta Osiyo (Oʻzbekiston) mikroflorasining xilma-xilligini oʻrganish, ajratib olingan mikroorganizmlarni sistemaga solish … Читать далее

MATBOBOYEV Neʼmatjon Sultonovich

MATBOBOYEV Neʼmatjon Sultonovich (1950.30.4, Uchkoʻprik tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1999). Fargʻona ped. intini tugatgan (1972). 1972-78 y. larda Uchkoʻprik tumanidagi 30maktabda oʻqituvchi, 1978 — 82 y. larda yosh tabiatshunoslar st-yasida metodist, direktor, 1982-y. dan Uch-koʻprik tumanidagi 29maktab va «Ziyo» iqtisod litsey-internatda kimyobiol. oʻqituvchisi. Matboboyev kimyobiol. dan lab. ma-shgʻulotlarini oʻtkazish uchun toʻla shart-sharoit yarata … Читать далее

PARFYUMERIYA

PARFYUMERIYA (frans. parfum — yoqimli hid, atir) — teri, soch, kiyimlarni xushboʻy qiluvchi, shuning-dek, gigiyenik vosita sifatida qoʻlla-nadigan mahsulotlar. Qadimda xushboʻy moddalar sifatida faqat tabiiy mah-sulotlar (efir moylari, balzam va b.) ishlatilgan. Organik kimyogtj rivojlanishi natijasida efir moylari va hayvon mahsulotlari (anbar, mushk va X..K.) bilan bir qatorda Parfyumeriya mahsulotlari tayyorlaщda sintetik xushboʻy moddalardan foydalanila … Читать далее

KATSENOVICH

KATSENOVICH Rauf-Rafail Aleksandrovich (1920.7.9, Toshkent) — terapevt, kardiolog va fizioterapevt. Oʻzbekiston FA akad. (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1968), tibbiyot fanlari d-ri (1964), prof. (1966). ToshTI ni tugatgan (1945). Bosh turkman kanali qurilishida 1-tibbiyot-sanitariya qismining boshligʻi (1951-53), Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirligi Salomatlikni tiklash va fizioterapiya i. t. in-tida ilmiy kotib (1953-58), direktor oʻrinbosari (1958—72), … Читать далее

PETROFIZIKA

PETROFIZIKA — togʻ jinslari fizik xossalarini ularning mineral tarkibi, strukturasi va paydo bulish tarixi bilan bogʻliqligini oʻrganuvchi fan. P. geofizik tadqiqotlar negizida vujudga kelib, qattiq jins fizika-si, tajribaviy petrografiya va mineralogiya, muhandislik geologiyasi va textonika, foydali kazilmalar taʼlimoti bilan uzviy bogʻliq holda rivojlandi. «Petrofizika» tushunchasini fanga nemis geofizigi F. Fyorlix kiritgan. Petrofizika togʻ jinslari xususiyatlarini … Читать далее

KISLOROD

KISLOROD (lot. Oxygenium, yun. oxys — nordon va gennao — tugʻmoq) , O — Mendeleyev davriy sistemasining VI guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 8, at. m. 15,9994. Ilk bor shved kimyogari Kislorod Sheyele (1771) selitra (KNO3, NaNO3)HH, marganes qoʻsh oksid (MpO2)ni va ingliz kimyogari J. Pristli (1774) simob oksid (HgO)HH, surik (R^O^ni qizdirish natijasida … Читать далее