HOMILADORLIK

HOMILADORLIK, ogʻir oyoqlik — urugʻlangan tuxumhujayraning ona organizmida rivojlanib, yetuk homilaga aylanishidan iborat fiziologik jarayon. Ayol tuxumdonida yetilib chiqqan tuxumhujayraning erkak jinsiy hujayrasi bilan qoʻshilishi (urugʻlanishi)dan boshlanadi va oʻrta hisobda 280 kun, yaʼni 10 qamariy oy davom etadi. Urugʻlanish bachadon nayida roʻy beradi. Urugʻlangan tuxumhujayra bacha-don nayining chuvalchangsimon qisqarishi tufayli bachadon boʻshligʻiga qarab surilib boradi, … Читать далее

TOʻRAQULOV Yolqin Xolmatovich

TOʻRAQULOV Yolqin Xolmatovich (1916.10.11, Qozogʻiston Respublikasi Marki sh. — 2005.1.3, Toshkent) — biokimyogar olim. Oʻzbekiston FA akad. (1966). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1965). Biol. fanlari dri (1959), prof. (1962). ToshTI ni tugatgach (1936), shu int biokimyo kafedrasida assistent (193638), aspirant (193841), ayni vaqtda Toshkent farmatsevtika inti direktori (1939—41). Urush qatnashchisi (1941 — 44), yana … Читать далее

SUT

SUT — odam va sut emizuvchi hayvonlarning laktatsiya davrida sut bezlarida ishlab chiqariladigan suyuklik; fiziologik jihatdan yangi tugʻilgan naslni oziqlantirishga moʻljallangan murakkab kimyoviy tarkibga va barcha oziq moddalarga ega. Tarkibida suv, oqsil, yogʻ, mineral moddalar, vitaminlar, fermentlar, gormonlar va b. moddalar bor. S. tarkibida organizmning normal oʻsishi va rivojlanishi uchun zarur koʻpgina oziq moddalarning maqbul … Читать далее

GORMONAL REGULYATSIYA

GORMONAL REGULYATSIYA — odam va umurtqali hayvonlar hayot faoliyatining gormonlar orqali boshqarilishi. Ichki sekretsiya bezlari ajratgan gormonlar qonga oʻtib, organizmda oqsil, yogʻ, uglevod, suv va mineral tuzlar almashinuvining bir maromda kechishini taʼminlaydi (mas, insulin uglevodlar almashinuvida bevosita ishtirok etadi). Gormonlar ishlab chiqarilishi va ajralishini nerv sistemasi boshqaradi. Gormonal regulyatsiya gumoral regulyatsiya bilan oʻzaro bogʻliq holda … Читать далее

SUT BEZLARI

SUT BEZLARI — urgʻochi sut emizuvchilar, jumladan, odamda laktatsiya davrida sut ishlab chiqaradigan bezlar. Erkak hayvonlarning Sut bezlari hayoti davomida rudiment holatda boʻladi (q. Rudimetar organlar). Sut bezlari embiriogenezning ilk davrida juft epiteliy yoʻgʻonlashuvi shaklida murtakning qorin tomonidan «sut chizigʻi» boʻylab shakllana boshlaydi. Keyinchalik sut chizigʻi alohida tugunchalarga boʻlinib, ulardan Sut bezlari hosil boʻladi. Hayvonlarda … Читать далее

TERPENLAR

TERPENLAR — tabiatda keng tarqalgan toʻyinmagan uglevodorodlar, umumiy formulasi (S5N8)l yaq2, 3, 4 va h. k. boʻlishi mumkin. Barcha Terpenlar, odatda, izoprenning polimerizatsiyalanishidan X. OSIL boʻlgan mahsulotlar deb qaraladi. Terpenlar molekuladagi izopren boʻgʻimlariga qarab, quyidagi qatorlarga boʻlinadi: xususiy mono T. (pq2) (koʻpincha Terpenlar deganda faqat shu birikmalar tushuniladi); seskviterpenlar (yaq3); diterpenlar (yq4) (diterpenlar hosilalariga smola … Читать далее

GORMONLAR

GORMONLAR (yun. hormanino — qoʻzgʻataman) — ichki sekretsiya bezlari (endokrin bezlar)da ishlanib chiqib, qonga va toʻqima suyuqligiga oʻtadigan biologik faol moddalar. Ular butun organizmga tarqalib, turli aʼzo hamda toʻqimalarning faoliyatini boshqaradi. Baʼzilari muayyan aʼzolarga, mas, tireotrop gormon asosan qalqonsimon bezta, adrenokortikotrop gormon (AKTG) buyrak usti bezlarining poʻstloq qavatiga, estrogenlar bachadonga taʼsir etadi va h. k. … Читать далее

DISTROFIYA

DISTROFIYA (dis… va yun. trophe — ovqat, oziklanish) — hujayra va toʻqimalarda moddalar almashinuvi buzili-shining patomorfologik va patofiziologik ifodasi; ilgari degeneratsiya — aynish deb atalgan. Distrofiya koʻpgina (ayniqsa yalligʻlanish bilan kechadigan) kasalliklarning rivojlanish negizi hisoblanadi. Infiltratsiya va shimilish (mas, nevrozda buyrak kanalchalari epiteliysiga oqsil shimilishi, aterosklerozda arteriyalarning ichki pardasiga lipoidlar shimilishi), oqsillar sintezining buzilishi, yoglar … Читать далее

REYXSHTEYN

REYXSHTEYN (Reichstein) Tadeush (1897.20.7, Vloslavsk, Polsha — 1996) — shveysariyalik organikkimyogar. London Qirollik jamiyati aʼzosi. Shveysariyadagi Federal politexnika maktabini tugatgan (1920). Bazel un-ti qoshidagi Farmatsevtika in-ti direktori va farmatsevtik kimyo prof. (1938-y. dan). 1933-y. da vitamin S (askorbin kislotasi)ni sintez qilgan. Ilmiy izlanishlari gormonlar biokimyosi, geterotsiklik moddalar, qand, vitaminlar (askorbin va pantotenat kislotalar), steroidlar, buyrak … Читать далее

NEYRO-GUMORAL REGULYATSIYA

NEYRO-GUMORAL REGULYATSIYA (neyro… va lot. humor — suyuqlik) — odam va yuqori rivojlangan hayvonlar organizmining aʼzo, toʻqimalari faolligi va fiziologik jarayonlarini nerv sistemasi va gumoral omillar (kon, limfa va toʻqima suyukligidagi biologik faol moddalar) taʼsi-rida boshqarilishi. N.g. r. sistemasi organizmning oʻzgaruvchan muhit sharo-itida normal ishlashini taʼminlab beradi. Nerv regulyatsiyasi filogenetik nuqtayi nazardan gumoral regulyatsiyat nisbatan … Читать далее