XARASIMON SUVOʻTLAR

XARASIMON SUVOʻTLAR (Charophyta, charophyceae) — yuksak tuzilgan suvoʻtlar guruhi. Tuzilishi qirqboʻgʻimlarga oʻxshaydi. Boʻyi 1 m gacha. Tanasi boʻgʻimlarga boʻlingan; «poya» va «barg»lardan, har bir boʻgʻimda halqa boʻlib joylashgan kalta silindrsimon shoxchalardan iborat. Har bir halqadagi barglardan birining barg qoʻltigʻidan asosiy poyaga oʻxshagan yon «poya» oʻsib chiqadi. Tanasining pastki qismi balchiqqa yoki qumga botib turadi. Vegetativ koʻpayadi. Xarasimon suvoʻtlar paleozoy erasining oʻrtalarida keng tarqalgan, toʻrt qabilasi qolgan. 3 oila va 7 turkumga birlashgan 300 turi maʼlum. Oʻzbekistonda nitella, nitellopsis, lamprotamnium va b. turlari tarqalgan.

Xarasimon suvoʻtlar s, koʻpincha chuchuk va shoʻr suvli havzalarda uchraydi. Oʻzbekistonda, asosan, koʻl, zovur, sholipoya va qisman daryo, ariq va buloqlarda xarazorlarni hosil qiladi. Bir gektar maydondan 30—330 t toʻyimli va ozuqabop biomassa olinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x