ISLOMOV

ISLOMOV Saidazim (1860-Toshkent—1955) — xalqustasi, ganch va yogʻoch oʻymakori; oilaviy ustalar sulolasi asoschisi (oʻgʻli usta Akbar Azimov, nabirasi usta Saidmalik Azimov; evarasi Shuhrat Azimov «Musavvir» ustaxonasida oʻyma bezakli badiiy buyumlar tayyorlovchi usta). Islomov ish faoliyatini milliy anʼanaviy uslubda binolar qurish bilan boshlagan. Binoning sinch qurilishidan boshlab, pardozlab tugallanishigacha boʻlgan ish jarayonini pux-ta egallagan. Binolarni ganch va yogʻoch oʻymakori bezaklar (sharafa, ustun, eshik va b.) b-n bezagan: Navoiy teatri binosi va b. kurilishlarda va ularni bezatishda qatnashgan; ustalar (Usta Shirin Murodov va b.)ga ganch oʻymakorligida sharafalar tayyorlash uchun krliplar tayyorlagan. Muzeylar (Oʻzbekiston sanʼat muzeyi, Sankt-Peter-burgdagi Ermitaj va b.) da Islomov tayyorlab bezagan badiiy buyumlar (ustun, tama-kidon, kursi, sandiq va b.) saqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x