DADAYEV

DADAYEV Qahramon (1936.15.12, Toshkent) — sozanda (doira), Oʻzbekiston xalq artisti (1977). Glier nomidagi Respublika musiqa maktabi, Hamza nomidagi Toshkent musiqa bilim yurtida taʼlim olgan. Doira ijrochilik anʼanalarini Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist T. Inogomov va Gʻ. Inogomovlardan oʻrgangan. Toshkent xoreografiya bilim yurti (1953—54), Oʻzbek davlat estradasi (1954—57), «Bahor» raqs ansambli (1957—97)da sozanda, mazkur ansambl tashkilotchilaridan. M. Turgʻunboyeva, I. Oqilov, Ye. Baranovskiy va Q. Mirkarimovalar bilan «Uchrashuv», «Havaskor», «Salom» kabi xoreografik kompozitsiyalar hamda «Pilla», «Zang», «Katta oʻyin», «Larzon», «Choʻpon», «Fargʻonacha», «Fargʻona ruboiysi», «Buxorocha», «Xorazmcha» kabi oʻnlab raqslarni sahnaga qoʻyish va yaratishga katta hissa qoʻshgan. Ayniqsa, oʻziga xos tarzda, bir yoʻla 2—3 doirada yakka ijro etgan «Oʻzbek doira usullari» turkumi, katta artistik mahorat bilan ijro etgan doira oʻyin («Havaskor», «Qoʻgʻirchoq» kabi)lari mashxur. T. Sayfiddinov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar aka-uka Islomovlar, H. Rasulov, H. Azimov va b. D. shogirdlaridir. 80 dan ortiq mamlakatlarda gastrolda boʻlgan. 6-Jahon yoshlar festivali laureati (1957, Moskva), sobiq Ittifoq Davlat mukofoti laureati (1973). Dadayev haqida «Oʻzbektelefilm» studiyasida «Qahramon Dadayev chaladi» nomli film suratga olingan (1983, rej. Sh. Bizatov).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x