BOGʻOT

BOGʻOTXorazm viloyatidagi qishloq. Boyut tumanы markazi. Bogʻot shim. gʻarbda Xoʻjalik, jan. sharqda Beshariq qishloqlariga yondosh. Yaqin t. y. stansiyasi Xonqadan 12 km. Bogʻotdan Urganchgacha 30 km. Aholisi 8,8 ming kishidan ziyod (2000). Tarixiy manbalardan Bogʻot 2000-yillik tarixga ega ekanligi maʼlum. Bogʻot jan. dagi Qalʼajiq (Dovudqalʼa) dan topilgan buyumlar milod boshlariga oidligi aniqlangan. Bu qalʼa «Buyuk ipak yoʻli»da joylashganligi sababli iqtisodiy, ijtimoiysiyosiy hayotda katta rol oʻynagan. Hoz. kungacha qalʼaning gʻarbiy qismi mahalliy aholi oʻrtasida «Choʻyanbozor» deb yuritiladi. Hozirda qalʼaning ayrim qismlarigina saqlanib qolgan.

Bogʻotda toʻqimachilik, tikuvchilik fkalari, paxta tozalash z-di, non mahsulotlari k-ti, MTP va b. sanoat korxonalari mavjud. Bogʻot hududidan Urganch — Hazorasp, XivaHazorasp avtomobil magistrallari oʻtgan. Bogʻotda 19a. oxirlarida katta karvonsaroyli bozor boʻlgan. Bozor ochiq hovlidan iborat toʻrtburchak shakdda qurilgan, rastalari yopiq boʻlib, burchaklarida salobatli gumbazlari boʻlgan. Paxsa devorli va asosi mustahkam boʻlmaganidan saqlanmagan. Bozor atrofida kosib va hunarmandlarning kichik uylari qurilgan. Bogʻot 1970-y. dan soʻng bosh reja loyihasiga koʻra rivojlanib bormoqsa. Madaniyat saroyi, Yoshlar uyi, musiqa maktabi, mehmonxona, markaziy kasalxona binolari, i. ch. binolaridan toʻquv va tikuvchilik fkalari, non k-ti, ochiq va yopiq «Navroʻz» bozori majmuasi, «Xumo» choyxonasi, «Baxt uyi», 300 oʻrinli tennis korti kabi jamoat binolari mavjud. 4 ommaviy va bolalar kutubxonasi, musiqa maktabi, 3 umumiy taʼlim maktabi, kattalar taʼlim markazi, bolalar va oʻsmirlar ijod uyi, 6 maktabgacha bolalar muassasasi, istirohat bogʻi, sport va sogʻlomlashtirish majmui faoliyat koʻrsatadi (2000).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x