TEMUR TUZUKLARI

«TEMUR TUZUKLARI» — Amir Teldoning harbiy va siyosiy faoliyatidan maʼlumot beruvchi tarixiy asar. «Tuzuki Temur» va «Tuzukoti Temur» nomlari bilan atalgan. Amir Temurning «Tuzuklar» muallifi ekanligini eʼtirof etadigan olimlar koʻpchilikni tashkil etadi. Bular orasida «Temur tuzuklari»ning inglizcha tarjimonlari va noshirlari Devi va Uaytlar, mashxur turk qomusiy olimi Shamsuddin Somiy, qoʻlyozmalarning yirik tadqiqotchisi N. D. MikluxoMaklaylar … Читать далее

SHAJARAYI TURK

«SHAJARAYI TURK», «Shajarai turk va moʻgʻul» («Turkiy xalklar va moʻgʻullar shajarasi») — tarixiy asar, muallifi Abulgʻoziy Bahodirxon. Eski oʻzbek tilida yozilgan. «Shajarayi turk» 13 — 17-a. lardagi moʻgʻul va turk hukmdorlari haqidagi maʼlumotlarni, xususan, Markaziy Osiyo xonliklari, jumladan, Xiva xonligining muallif yashagan davrgacha boʻlgan tarixini oʻz ichiga olgan. «Shajarayi turk» Abulgʻoziy Bahrdirxonning oʻlimi tufayli nihoyasiga … Читать далее

SALMON al-FORISIY

SALMON al-FORISIY, Abu Abdulloh Salmon alForisiy (?, Isfahon — 658) — sahoba; Muhammad (sav)ning mavlolaridan. Otasi majusiy dinida boʻlgani uchun undan ketib qolgan. Avval nasroniy diniga kirib, bir necha vaqtdan keyin Madinaga borib, islom dinini qabul qilgan. 627-y. dagi Xandaq jangirya aynan S alF. Muhammad (sav) ga Madina sh. atrofida xandaq kazishni va unga kamonchilarni … Читать далее

NORQOʻZIYEV

NORQOʻZIYEV Saidmaqmud (1883 – Qoʻqon — 1967.27.12) — naqqosh, boʻyama naqsh ustasi; Fargʻona naqqoshlik maktabini yaratgan. Hunarni otasi usta Norqoʻzi Nurmatovdan oʻrgangan. Otasi va usta naqqosh Muhammad Soli rahbarligida ishlagan, turar joy, masjidlarni bezashda qatnashgan. 1903-y. dan mustaqil usta. Qoʻqon, Andijon (Mamajon mingboshining uyi), Mar-gʻilon, Oʻsh, Jalolobod (Barot hoji uyi, Matqosim masjidi) va b. joylarda … Читать далее

SHASHMAQOM

SHASHMAQOM (fors. — olti va maqom) — oʻzbek va tojik xalqlari musiqiy merosida markaziy oʻrin tutgan maqomlar turkumi; parda, ohang, usul, shakl, uslub kabi vositalar bilan oʻzaro uzviy bogʻlangan mumtoz kuy va ashulalar majmui. U muayyan shartsharoitlarda musiqiy folklor hamda kasbiy musiqa yoʻnalishlarida orttirilgan koʻp asrlik ilmiyijodiy tajriba hamda izlanishlar natijasida yuzaga kelgan. Shashmaqom milliy … Читать далее

SHOHRUX

SHOHRUX, amirzoda Shohrux, Mirzo Shohrux, Shohrux mirzo, Xoqoni saʼid, Abu Nasr Shohrux bahodir sulton (1377.20.8, Samarqand — 1447.19.3, Ray) — Amir Temurning 4oʻgʻli, Temuriylar hukmdori. Yoshlik yillari Samarqandda oʻtgan, shu yerda dunyoviy va diniy taʼlim olgan. Amir Temur 1390—91 yil Dashti Qipchoqqa va 1392-yil gʻarbiy mamlakatlarga 5 yillik yurishlari chogʻida Shohruxni mamlakatni boshqarishga tayinlab qoldirgan. … Читать далее

SHASTRI

SHASTRI, Shastriy Laʼl Bahodir (1904.2.10, UttarPradesh shtati, Moʻgʻulsaroy — 1966.11.1, Toshkent) — Hindiston davlat va siyosat arbobi; Qoʻshilmaslik harakatida ishtirok etgani uchun 1921-yilda qamalgan; hammasi boʻlib 9 yilni qamoqda oʻtkazgan. Kashiy (Banoras) untida tahsil olgan, Hindiston milliy ozodlik harakatining faol qatnashchisi. Hindiston Milliy Kongressi (HMK)ning birinchi Bosh kotibi (1951), UttarPradesh komiteti Bosh kotibi lavozimiga 2-marta … Читать далее

SULTON BAXT BEGIM

SULTON BAXT BEGIM (1360Gʻ66 — 1430, Nishopur) — Amir Temurnit qizi. Onasi — Oʻljoy Turkon Ogo begim. SB. b. tabiatan shaddod, oʻjar va erkaklarga xos tabiatga molik boʻlib, erkaklarni unchalik yoktirmagan. Sulton Baxt Begim Sher Baxromning oʻgʻli Muhammad Mirkaga nikoxlangan. Sohibqiron kuyoviga Xutgalon viloyatini inʼom qilgan. Birok Muhammad Mirka 1388-y. isyon koʻtargan, isyon bostirilib Muhammad … Читать далее

SHAYBONIYLAR DAXMASI

SHAYBONIYLAR DAXMASI — Samarqanddagi oʻrta asr meʼmoriy yodgorligi (16-a.). Shapboniyxon 1510-y. Eron shohi Ismoil I Safaviy bilan boʻlgan jangda halok boʻlgach, Samarqandga olib kelinib oʻzi kurgan madrasada marmar supa ostiga dafn etilgan. Supa ostiga Shayboniyxondan tashqari boshqa shayboniy sultonlar va malikalar: Mahmud Sulton (1503—04 y. oʻldirilgan), Maxdiy Sulton, Hamza Sulton (1511-y. oʻldirilgan), Muhammad Temur Sulton … Читать далее

SHOH MAHMUD CHUROS

SHOH MAHMUD CHUROS, Mirza Shoh Mahmud ibn Mirza Fozil churos (17-asr) — tarixchi olim. Hayoti, asosan, Yorkend xonligining markazi — Yorkendda oʻtgan. Sh. M. ch. Yorkend xonlari Abdullaxon, Ismoilxon, Abdurrashidxon, Muhammad Aminxonga bagʻishlab tarixiy asarlar yozgan. Beshta tarixiy asaridan «Anis attolibin» (1639—40) va «Tarixi Shoh Mahmud ibn Mirza Fozil churos» (1670; qisqacha «Tarix») asarlari bizgacha … Читать далее