SHASTRI

SHASTRI, Shastriy Laʼl Bahodir (1904.2.10, UttarPradesh shtati, Moʻgʻulsaroy — 1966.11.1, Toshkent) — Hindiston davlat va siyosat arbobi; Qoʻshilmaslik harakatida ishtirok etgani uchun 1921-yilda qamalgan; hammasi boʻlib 9 yilni qamoqda oʻtkazgan. Kashiy (Banoras) untida tahsil olgan, Hindiston milliy ozodlik harakatining faol qatnashchisi. Hindiston Milliy Kongressi (HMK)ning birinchi Bosh kotibi (1951), UttarPradesh komiteti Bosh kotibi lavozimiga 2-marta saylangan. 1952—56 yillar Temir yoʻl va transport, 1958—61 yillar Savdo va sanoat vaziri, 1952-yilda esa Hindiston parlamentining yuqori palatasi (Rajya sabha)ga saylangan. 1961 — 63 yillarda Hindiston Ichki ishlar vaziri; Atom energiyasi masalalari boʻyicha vazir, Reja komissiyasi raisi. J. Neruning vafotidan keyin Hindistonning ikkinchi Bosh vaziri, 1964 yil 9-iyundan umrining oxirigacha shu lavozimda ishlagan. Pokiston prezidenti Muhammad Ayyub Xon bilan birgalikda Hindiston — Pokiston mojarosini tinch yoʻl bilan hal qilish maqsadida tuzilgan Toshkent deklaratsiyasini imzolagan (q. Toshkent uchrashuvi). Toshkentda vafot etgan. Jasadi Hindistonga olib borilgan. Vafotidan keyin (1966) Hindistonning oliy mukofoti «Bharat ratna» bilan taqdirlangan. Dehlida memorial muzeyi bor. Toshkentdagi Sodiq Azimov koʻchasida va 24-maktab oldida Shastriga haykal oʻrnatilgan, nomida maktab va koʻcha bor. Shastrining 100-yilligi munosabati bilan Toshkentdagi Hindiston madaniyat markaziga uning nomi berilgan.

Ansoriddin Ibrohimov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x