GEKSAN

GEKSAN, S6N14 — toʻyingan uglevodorod, rangsiz suyuklik. Mol. m. 86,18. 5 ta izomeri bor. Normal Geksan SN3— (SN2)4 — SN3ning suyuklanish t-rasi —95,32°, qaynash t-rasi 68,74°, zichligi 659,4 kg/m3. Suvda erimaydi, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Neftning benzin fraksiyasi va gazokondensatlar tarkibida boʻladi. Katalizatorlar ishtirokida 100—450° t-ra, 1,5—5 MPa bosimda izomerlanib izogeksanlar hosil kiladi. Izogeksanlar, shuningdek … Читать далее

BENZOY ALDEGID

BENZOY ALDEGID (benzaldegid) , S6N5SNO — organik birikma, aromatik aldegidlarning dastlabki vakili. achchiq bolom gʻidi keladigan rangsiz moysimon suyuqlik; tabiatda achchiq bodom va shaftoli magʻzida amigdalin dsb ataluvchi glikozid holida uchraydi. Mol. m. 106,12; zichligi 1048 kg/ m3. Qaynash t-rasi 179°; suvda oz (0,3%) eriydi, spirt, benzol va dietilefirda yaxshi eriydi. Benzil xlorid, fenol va … Читать далее

BEYBUTOV

BEYBUTOV Rashid Majid oʻgʻli (1915, Tbilisi — 1989, Boku) — ozarbayjon estrada va opera xonandasi (lirik tenor). 1934 — 44 ylarda Yerevan, 1944 — S6 y. larda Boku filarmoniyasida yakka-xon xonanda; 1957 — 59 y. larda Ozarbayjon davlat konsert ansambli, 1966-y. dan Ozarbayjon davlat qoʻshiqteatrining rahbari. Repertuaridan rus va Fapbiy Yevropa kompozitorlari asarlari hamda turli … Читать далее

GALAKTURON KISLOTA

GALAKTURON KISLOTA — bir asosli organik kislota; galaktozadat 6-uglerod atomining oksidlanishidan hosil boʻladi, oʻsimliklardagi pektin (yelim) moddalari tarkibiga kiradi; saponinlarda, baʼzi mikroblarning oʻziga xos polisaxaridlarida, xantal va zigʻir urugʻlarining shilimshigʻida ham bor. Karboksilaza fermentining taʼsirida oʻsimliklarda L-arabinozaga aylanadi. Mol. m. 194,14. Kristall holda boʻlib, suvda, ishqorlarda va karbonat, bikarbonat eritmalarida yaxshi, uglevodorodlar va b. organik … Читать далее

GOʻSHT-SUT VA OZIQ-OVQAT NAZORATI STANSIYASI

GOʻSHT-SUT VA OZIQ-OVQAT NAZORATI STANSIYASI — daapat veteri nariya muassasasi; dehqon bozorlarida sotiladigan hayvon va usimliklar mahsulotlari (goʻsht, goʻsht maxsulotlari, baliq, sut, tuxum, don, sabzavot, poliz mahsulotlari va b.)ni veterinariya-sanitariya ekspertizasidan oʻtka-zadi. Shuningdek, st-ya xodimlari mol bozorlarida sotiladigan chorva va parrandalar sogʻligʻini ham nazorat qiladi. Chorvachilik, dehqonchilik va oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini, bozor hududi, sotish joylari, … Читать далее

GUMIN KISLOTALAR

GUMIN KISLOTALAR (lot. humus – yer, tuproq) — tabiiy mahsulotlar (torf, qoʻngʻir koʻmir, toshkoʻmir va b.) dan ishqorlarning suvdagi eritmasi yordamida ajratib olinadigan organik moddalar; tabiatda oʻsimlik qoldiqlaridan yoki toshkoʻmir va b. organik mahsulotlarning oksidlanishi natijasida hosil boʻladi. Torf xiliga, shuningdek, uning chirishi darajasiga qarab Gumin kislotalar xar xil miqdorda uchraydi. Choʻkmay, eritmada qolgan organik … Читать далее

YOʻLDOSHEV Bahodir Tursunovich

YOʻLDOSHEV Bahodir Tursunovich (1945.7.9, Kattaqoʻrgʻon sh.) — rej., Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1979), Oʻzbekiston xalq artisti (1995). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1970). Hamza teatrida rej. assistenti (1968—70), rej. (1970-74), bosh rej. (1974-84). 1984-y. dan Abror Hidoyatov nomidagi drama teatrining bosh rej. i. Eng yaxshi spektakllari: «Roʻyxatlarda yoʻq» (B. Vasilyev), «Kelinlar qoʻzgʻoloni», … Читать далее

YEM-XASHAK BALANSI

YEM-XASHAK BALANSI — xoʻjalikdagi mavjud yem-xashak miqdorini unga boʻlgan ehtiyoj bilan qiyoslash. Odatda, u chorva mollarining belgilangan davrda yem-xashak bilan qanchalik taʼminlanganligini aniqlash, agar kamchil boʻlsa, uni tayyorlash tadbirlarini koʻrish maqsadida kelgusi yil uchun, shuningdek, istiqbol rejaga asosan bir necha yilga moʻljallab tuziladi. Yem-xashakka boʻlgan ehtiyoj chorva mollarining mikdorini va yoshini hisobga olgan holda, ularni … Читать далее

YASHIN

YASHIN, Komil Yashin (taxallusi; asl nomi Nuʼmonov Komil) (1909.25.12, Andijon — 1997.25.9, Toshkent) — shoir, dramaturg, publitsist va jamoat arbobi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1969), Oʻzbekiston FA akad. (1968), Mehnat Qahramoni (1974). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1939). H. Nosirovaning turmush oʻrtogʻi. Leningraddagi oʻrmon xoʻjaligi in-tida oʻqigan (1925— 28). Andijon maktablarida oʻqituvchilik qilgan (1928—30). Andijon viloyat … Читать далее

YEM-XASHAK

YEM-XASHAK — q. x. hayvonlarini boqishda ishlatiladigan, tarkibida oʻzlashtiriladigan (hazm boʻladigan) ozuqa moddalari boʻlgan, asosan, oʻsimlik, hayvonot, mikrobiologik va kimyoviy mahsulotlardan iborat ozuqalar. Olinadigan manbai, i. ch. texnologiyasi, tayyorlash va qoʻllash usuli, hayvonlarning oziqlanishidagi ahamiyatiga qarab Ye.-x. bir necha guruhlarga boʻlinadi. Ye.-x., odatda, koʻkat, xashak, yem, mineral va shirali ozuqalarga boʻlinadi. Yaylovlardagi tabiiy hamda ekilgan … Читать далее