GLITSIN

GLITSIN — 1) glikokol, aminosirka kislota, NH2—SN2 — SOON; rangsiz kristall modda. Suyuqlanish t-rasi 232—236° (parchalanadi), mol. m. 75,07, zichligi 1595 kg/m3. Suvda yaxshi eriydi, koʻpchilik organik erituvchilarda erimaydi. Oqsil moddalarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi; 2) p-oksifenil aminosirka kislota, HOC6H4NHCH2COOH; suyuqlanish t-rasi 245—247°. Ishqorlar va kislotalarda yaxshi eriydi, suvda va spirtda yomon eriydi, fotografiyada ochiltirgich … Читать далее

GLIKOGEN

GLIKOGEN (yun. glykys — shirin va genes — tugʻilgan) — koʻp tarmoqli polisaxarid; molekulasi a-D-glyukopiranoza qoldiqlaridan iborat amorf mahsulot. Mol. m. 106-109. Tuzilishi jihatidan kraxmalga oʻxshaydi. Tirik organizmda oʻsimliklardagi kraxmal kabi funksiyani bajaradi. Koʻpchilik tirik organizmlarning tez safarbar qilinadigan energiya resursi. Glikogen umurtqalilarning asosan jigari (2—6%) va muskullari (2%)da toʻplanadi. Achitqilar, ayrim zamburugʻlar va suv … Читать далее

GERMANIYA

GERMANIYA (Deutschland), Germaniya Federativ Respublikasi (Bundesrepublik Deutschland) , GFR — Markaziy Yevropadagi davlat. Shim. va Boltiq dengizlari sohilida joylashadi. Mayd. 357 ming km2. Aholisi 82,16 mln. kishi (1999). Poytaxti — Berlin sh. Maʼmuriy jihatdan 16 yer (viloyat) ga, yerlar okruglarga, okruglar tumanlarga, tumanlar jamoalarga boʻlinadi. Davlat tuzumi. GFR — federativ respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1949-y. 23-mayda … Читать далее

GUTTAPERCHA

GUTTAPERCHA (ing. guttapercha, malayya tilida getah — smola va pertja — shu smolani ajratib chikaradigan daraxtning, shuningdek, Sumatra o. ning bir nomi) — asosan tropik oʻsimliklar shirasidan olinadigan kauchuksimon modda. Mol. m. 2000—2500. Zichligi 940-960 kg/ m3, suyuklanish t-rasi 64—74°. G. oqishkulrang yoki sargʻish-jigarrang charmsimon modda. Toza Guttapercha — gutta (S5N8) p transpoliizopren (90% gacha) … Читать далее

GEKSAMETILENTETRAMIN

GEKSAMETILENTETRAMIN (Hexamethylentetraminum) , urotropin, geksamin, urizol, metenamin — antiseptik modda, ammiakni formaldegidning suvdagi eritmasiga taʼsir ettirib olinadi. Rangsiz yoki oq hidsiz kristall modda. Mol. m. 140,19, zichligi 1270 kg/m3 (25°). Suvda eriydi; 14° dan past t-rada barqaror monogidrat hosil qiladi. Efir, benzol va tetraxloretanda yomon eriydi. Chuchmal, bir ozdan keyin achchiq taʼmi seziladi. Kuchsiz kislotalar … Читать далее

GVAYAKOL

GVAYAKOL (2-metoksifenol) , o-S6N4(ON)OSN3 — oʻziga xos hidli rangsiz kristallar. Mol. m. 124,13; zichligi 1129 kg/m3. Suyuqlanish t-rasi 28,5°, qaynash t-rasi 205°. Havoda va yorugʻlik taʼsirida qorayadi. Etanol, efir, xloroform, muz holidagi sirka kislota, ishqor eritmalarida yaxshi eriydi, 17° li suvda 1,7% eriydi; suv bugʻi bilan birga haydaladi; yod va oltingugurtni eritadi. Gvayakolning ishqoriy tuzlari … Читать далее

BIOGELMINTLAR

BIOGELMINTLAR (bio… va gelmintlar) — oraliq xoʻjayin orqali rivojlanadigan parazit chuvalchanglar. Voyaga yetgan davrida definitiv (oxirgi) xoʻjayin (odam va hayvonlar) da parazitlik qiladi. Bu jihatdan ular oraliq xoʻjayinsiz rivojlanadigan geogelmintlardan farq qiladi. Mac, qoramol tasmasimon chuvalchangi odam ichagida, uning lichinkalari — finnalari (pufakchalari) esa mol goʻshti (muskullari)da rivojlanadi. Odam finnali goʻshtni yaxshi pishirmay yeganda parazitni … Читать далее

GELIOTROPIN

GELIOTROPIN, piperonal, S8N6O3 — xushboʻy hidli, organik birikma, rangsiz kristallar. Mol. m. 150,13. Suyuqdanish t-rasi 37°, qaynash t-rasi 264°; Sovuq suvda oz, spirt, efir, benzol va b. organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Suv bugʻi bilan oson haydaladi. Geliotrop va siren gullarida, vanil va baʼzi efir moylari tarkibida uchraydi. Sanoatda Geliotropin safrolni KON ishtirokida izomerlash, soʻngra hosil … Читать далее

GUANIDIN

GUANIDIN, (NH,) 2C=NH – rangsiz kristall. Kuchli ishqor, ishqoriy metallar gidroksidlariga yaqin turadi mol. m. 59,07 suyuqlanish t-rasi 50°. Gigroskopik, havodan SO2 va suvni yutib yumshaydi. Guanidin suvda gidrolizlanib mochevina hosil qiladi. (29°da 20 soʻtkada 50% gacha). Kislotalar bilan reaksiyaga kirishib gidrolizga chidamli tuzlar hosil qiladi. Oson alkillanadi, ishqorlar ishtirokida kislotalar efirlari taʼsirida atsillanadi. Sanoatda … Читать далее

GRAMM-EKVIVALENT

GRAMM-EKVIVALENT — kimyoviy element yoki moddaning kimyoviy ekvivalent massasiga son jihatdan teng qilib olingan grammlar hisobidagi miqdori. Kimyoviy elementning G.-e. ini topish uchun uning at. m. ni valentligiga boʻlish kerak. Mas, alyuminiyning ekvivalenti 9 (at. m. 27, valentligi 3)ga teng, uning G.e. i 9 g. Sulfat kislotaning ekvivalenti 49 (mol. m. 98, negizliligi 2), uning … Читать далее