YOʻLDOSHEV Bahodir Tursunovich

YOʻLDOSHEV Bahodir Tursunovich (1945.7.9, Kattaqoʻrgʻon sh.) — rej., Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1979), Oʻzbekiston xalq artisti (1995). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1970). Hamza teatrida rej. assistenti (1968—70), rej. (1970-74), bosh rej. (1974-84). 1984-y. dan Abror Hidoyatov nomidagi drama teatrining bosh rej. i. Eng yaxshi spektakllari: «Roʻyxatlarda yoʻq» (B. Vasilyev), «Kelinlar qoʻzgʻoloni», «Farmonbibi arazladi» (S. Ahmad), «Nodirabegim» (T. Toʻla), «Yulduzli tunlar» (P. Qodirov), «Zebunniso» (Uygʻun), «Maysaraning ishi» (Hamza), «Qora kamar» (Sh. Xolmirzayev), «Iskandar» (A. Navoiy), «Arshin mol olon» (U. Hojibekov), «Malika» (Fotima Galer), «Buyuk ipak yoʻli» (M. Bafoyev musiqasi asosida), «Buxoroyi sharif» (S. Ayniy asari asosida), «Togʻa-jiyanlar» (R. Bobojon) va b. Bir qancha boshqa teatrlarda ham spektakllar qoʻygan: Muqimiy teatrida «Nodirabegim», Laos teatrida «Kelinlar qoʻzgʻoloni», AQSHda «Dunyo yoshlari», Konibodom teatrida «Sudxoʻrning oʻlimi», Sirdaryo teatrida «Dardimni kimga aytay», «Maʼmura kampir», Samarqand teatrida «Nodirabegim», «Checha», «Buyuk ipak yoʻli», Navoiy teatrida «Alisher Navoiy» operasi va b. U, shuningdek, mamlakatning turli sanalariga bagʻishlangan bayram tomoshalarini sahnalashtirgan: «Ulugʻbek yubileyi» (1994), «Navroʻz» (1995), «Amir Temur yubileyi» (1996, Registon), «Sharq taronalari» (1997) va b. shular jumlasidan. Kinoda aktyor sifatida Olchinbek («Olovli yoʻllar»), Muxtorov («Togdagi uchrashuv»), Sherzod («Olmos kamar»), Sobirov («Oshpaz») kabi obrazlar yaratgan. Uning spektakllari har bir vokeaning, epizodning mohiyatini ifodalashga qodir sahna vositalariga boyligi b-n, tasviriy vositalar, musiqa, plastikaning murakkab ohangdoshligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, yangi sahna shakllarini topish, davr mavzusi, gʻoyalari, xarakter, oʻzbek teatri anʼanalarini unutmagan holda jahon teatri jarayoni kengliklariga chiqishga intilish, bugungi kun uchun dolzarb boʻlgan mavzuni hozirjavoblik bilan sahnaga olib chiqish Yoʻldoshev ijodiga xos. «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (1998).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x