GALAKTURON KISLOTA

GALAKTURON KISLOTA — bir asosli organik kislota; galaktozadat 6-uglerod atomining oksidlanishidan hosil boʻladi, oʻsimliklardagi pektin (yelim) moddalari tarkibiga kiradi; saponinlarda, baʼzi mikroblarning oʻziga xos polisaxaridlarida, xantal va zigʻir urugʻlarining shilimshigʻida ham bor. Karboksilaza fermentining taʼsirida oʻsimliklarda L-arabinozaga aylanadi. Mol. m. 194,14. Kristall holda boʻlib, suvda, ishqorlarda va karbonat, bikarbonat eritmalarida yaxshi, uglevodorodlar va b. organik eritmalarda oz eriydi, metallar va organik moddalar bilan tuz hosil qiladi. Galakturon kislota koʻpgina fiziologik faol moddalar tarkibiga kiradi, uning glyukozidlari tuproq tarkibida koʻp uchraydi. Ilmiy maqsadlar uchun ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x