GVAYAKOL

GVAYAKOL (2-metoksifenol) , o-S6N4(ON)OSN3 — oʻziga xos hidli rangsiz kristallar. Mol. m. 124,13; zichligi 1129 kg/m3. Suyuqlanish t-rasi 28,5°, qaynash t-rasi 205°. Havoda va yorugʻlik taʼsirida qorayadi. Etanol, efir, xloroform, muz holidagi sirka kislota, ishqor eritmalarida yaxshi eriydi, 17° li suvda 1,7% eriydi; suv bugʻi bilan birga haydaladi; yod va oltingugurtni eritadi. Gvayakolning ishqoriy tuzlari suvda yaxshi, kalsiyli va magniyli tuzlari esa oz eriydi. Gvayakolning spirtdagi eritmasi temir (Sh)-xlorid taʼsirida havo rangga, soʻngra yashil rangga kiradi. Metillanganda veratol (1,2di-metoksibenzol), dimetillanganda pirokatexinga aylanadi. Gvayakolni sintetik yoʻl bilan oanizidindan ham olish mumkin. Gvayakol xushboʻy moddalar, mas, vanilin, evgenol, izoevgenol, santalidoli. ch. da, pirokatexin olishda, baʼzi shifobaxsh preparatlar, mas, ftivazid, papaverin, tiokol tayyorlashda, atir-upa va oziq-ovqat sanoatida qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x