BUSSOL

BUSSOL (frans. boussole — quticha) — 1) joydagi yoʻnalishlarning magnit azimutini oʻlchash uchun moʻljallangan asbob. Ishi magnit meridiani bilan biror predmetga tomon yoʻnalgan chiziq orasidagi gorizontal burchaklarni oʻlchashga asoslangan. Bussolni mukammallashtirilgan kompas deyish mumkin. Kichik joylarning uncha aniqmas gorizontal tarxini olishda ishlatiladi. Oʻlchash uchun Bussolni shtativ ustida burib, magnit milining shim. uchi limbdagi 0° ga toʻgʻriladi. Soʻngra koʻz va predmet dioptrlari orqali oʻtgan chiziq yoʻnalishining magnit azimuti aniqlanadi. Bussol asosan topogeodezik ishlarda qoʻllaniladi. Marksheyder syomkalari va kon qazilmalarini topishda osma Bussoldan foydalaniladi;

2) harbiy ishda tup va minomyotni nishonga toʻgʻrilash, nishonni koʻrsatish, nishonni nazorat qilish, dushman joylashgan yerlarni, artilleriya turgan joylarni aniklash maqsadida artilleriya Bussol ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x