BODOMOY

BODOMOY — ziynat buyumi; Xorazmda keng tarqalgan. Uchta bodom shakli asosida yotgan yangi oy tasviri boʻlgan murakkab shaklli yaxlit taqinchoq. Bodomoy tagi zanjir, marjon, bargak yoki zigʻiraklardan tuzilgan shokilalar qatori bilan yakunlanadi. Shakllar va ularning aniq chizigʻi egiluvchan doyra hosil qiladi. Xorazm zargarlari uchun anʼanaviy bulgan feruza koʻzlar halqasi b-n oʻralgan yirik koʻz (qubba)lar mujassamoti har bir shakl boʻlaklarida takrorlanadi. Bodomoy 19-a. da urf boʻlgan, yakka holda peshonaga, juft holda ikki chakkaga, majmua (4 ta) holida gardonga ham taqilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x