BESS

BESS — axomaniylarning Baqtriya va Sugʻdiyonadagi satrapi (hokimi). Axomaniylar naslidan. Mil. av. 333-y. Aleksandr qoʻshinlari bilan Doro III qoʻshinlari oʻrtasida boʻlgan Gavgamela jangoʻda Eron otliq lashkariga qoʻmondonlik qilgan. Eron qoʻshinlari yengilgach, B. Spitamen, Oksiart, Datafarn kabi lashkarboshilar hamda Doro III bilan birgalikda Sugʻdiyonaga chekinadi va qarindoshi Doro III ni xoinona oʻldirib, oʻzini axomaniylar davlatining oliy hukmdori—Artakserks IV deb eʼlon qiladi. Aleksandr unga qarshi Ptolemey Lag boshchiligida lashkar yuboradi. Ptolemey Lag Bess turgan qishloqni qurshab olib, qishloq ahlidan uni tutib topshirishni talab qiladi, aks holda barchalarini oʻldirib, qishloqning kulini koʻkka sovurajagini aytadi. Shunda mazkur qishloq ahli Ptolemey Lag lashkariga qarshilik koʻrsatmaydi. Ptolemey Lag Bessni tutib boʻyniga sirtmoq solib, qipyalangʻoch holda Aleksandr qoʻshini oʻtadigan yoʻl boʻyida qoldiradi. Aleksandr oʻsha yoʻldan ketayotib Bessga koʻzi tushadida, undan nega oʻz qarimdoshi va podshohini oʻldirganini soʻraydi. Shunda B. Doroning mulozimlari qutkuvi bilan hamda Aleksandrning koʻnglini olish uchun shunday qilganini aytadi. Aleksandr gʻazablanib, Bessning burun va quloklarini kesishni, soʻng uni Ekbatana (Hamadon)ga yuborib, oʻsha yerda midiyaliklar va forslar koʻz oldida qatl etishni buyuradi.

Baʼzi olimlarning Sh. ( Kamoliddinov) fikricha, Bess asir olingan joy hoz. Qashqadaryo viloyatidagi Uzunqir qalʼasi xarobasi oʻrnida boʻlgan, bu qalʼa chekinayotgan sugʻdiylarning butun armiyasini sigʻdira olgan. Amudaryodagi Shoʻrob kechuvidan Uzunqir qalʼasigacha 240 km boʻlib, oʻrta asr karvonlari uchun 8 kunlik yoʻl boʻlgan. Yunonmakedon otryadi bir necha yerda toʻxtab dam olgach, bu masofani 4 kunda bosib oʻtgan. Bess oʻshanda Uzunqirdan 650 m jan. da joylashgan mahalliy hokimning qarorgohi— Sangirtepa qalʼasiga yashiringan boʻlsa kerak.

Ad.: Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazыchnыm istochnikam IX—nachala XIII vv., T., 1996, s. 17; Arrian, Poxod Aleksandra, M. — L., 1962.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x