NORMAT QIZIQ SULOLASI

NORMAT QIZIQ SULOLASI — qoʻqonlik qiziqchilar. 1) Normat qiziq (laqabi Mulla, Ogʻzi katta, 1849 — Qoʻqon — 1919) — Zokirjon qiziqchinint toʻdasida katta qiziqchilardan taʼlim olib, ish boshlagan. Tuda bilan birga Fargʻona vodiysi boʻylab va Sharqiy Turkistonda tomosha koʻrsatgan. Zokirjon qiziq vafotidan keyin Qoʻqonga qaytib oʻz toʻdasini tuzgan. Toʻdada uning rahbarligida Roʻzi gov, Ismoil xoʻroz, … Читать далее

ISFIJOB

ISFIJOB — oʻrta asrdagi Isfijob hokimligining markaziy shahri. Aris daryosi vodiysi (Qozogʻiston)da joylashgan. Koʻpgina tadqiqotchilar uni Chimkentdan 12 km sharqda, Sayram st-yasining oʻrnida boʻlgan deb hisoblaydilar. Shaharning qachon vujudga kelgani nomaʼlum. Sharq geograflarining maʼlumotlariga qaraganda, maydoni Binkatssh 3-marta kichik boʻlib, Isfijobning arki 10-a. dayoq vayrona holatda boʻlgan; faqat shahriston va rabod saqlangan. Rabod devorining aylanma … Читать далее

TABIIY GEOGRAFIYA

TABIIY GEOGRAFIYA — Yerning geografik kobigʻi tabiiy tarkibi va uning strukturaviy kismlari: barcha darajadagi tabiiy hududiy majmualarini (shuningdek, suv havzalarini ham) oʻrganuvchi fan; tabiatshunoslik fanlarining muhim tarmoklaridan biri. Tabiiy geografik majmualarnkng makon va zamonda obyektiv mavjudligini eʼtirof etish Tabiiy geografiyani eng muhim metodologik tamoyillaridan biri. Geografik qobiqning murakkab tuzilishi va xususiyatlari uni har tomonlama tadHiq … Читать далее

SAID MAHRUYJON MAJMUASI

SAID MAHRUYJON MAJMUASI — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1884). Said Muhammad Maxruyjon maqbarasi atrofida barpo etilgan Madrasa, qorixona, maqbara va b. dan iborat majmua. Said Maxruyjon madrasasi (40,0×53,0 m)ga gʻarbdan 2 kichik Madrasa (Kichik Mahruyjon); qorixona va Kichik Mahruyjon maqbarasi (11,0×14,1 m) tutash. Katta hovliga jandan 3 gumbazli miyonsaroy orqali kiriladi. Madrasa burchaklaridagi anʼanaviy darsxona va … Читать далее

SHARAFUDDIN ALI YAZDIY

SHARAFUDDIN ALI YAZDIY (? 1454, Yazd sh. yaqinidagi Taft qishlogʻi) — temuriylar davri mashhur tarixnavisi. 1414—35 y. lar mobaynida Shohruxning oʻgʻli, Fors oʻlkasi hokimi Ibrohim Mirzo xizmatida boʻladi va uning topshirigʻi asosida mashhur «Zafarnoma» asarini yozadi. Ibrohim Mirzo vafotidan soʻng Sh. A. Ya. Sultoniya, Ray va Qum viloyatlari hokimi boʻlgan Shohruxning nabirasi Sultan Muhammad xizmatiga … Читать далее

BAHOUDDIN NAQSHBAND

BAHOUDDIN NAQSHBAND, Muhammad binni Muhammad Bahouddin an-Naqshbandal-Buxoriy (koʻproq Bahouddin yoki Xoja Bahouddin, Balogardon, Xoʻjai Buz-ruk, Shohi Naqshband nomlari bilan mashhur) (1318 — Buxoro viloyati, hoz. Kogon tumani — 1389) — mashhur avliyo, naqshbandiya tariqatining asoschisi. U tugʻilgan qishloq Qasri Hinduvon (keyinchalik Bahouddin Naqshband sharafiga Qasri Orifon) deb atalgan. Uning oilasi va farzandlari toʻgʻrisida aniq maʼlumot … Читать далее

GAVHARSHOD BEGIM

GAVHARSHOD BEGIM, Gavharshod ogʻa (1379—1457) — Shohruxshmt xotini. Janglardan birida Chingizxonni oʻlimdan saqlab qolgan mulozim Qishlik avlodi — chigʻatoiy zodagon Gʻiyosuddin tarxonning qizi. 1393-y. Shohruxga tekkan, undan uch oʻgʻil (Ulugʻbek, Boysungʻur, Muhammad Joʻqi) va ikki qiz koʻrgan. Shohrux davlatni idora qilishdan koʻra koʻproq toat-ibodat, diniy kitoblar mutolaasi bilan mashgʻul boʻlmoqni afzal koʻrganidan, avval unga devon … Читать далее

BALX

BALX — Shim. Afgʻonistondagi koʻhna shahar, hoz. Mozori Sharif sh. ning gʻarbida. Mil. av. 7 – a. dan maʼlum. Balx tarixda Umm ul-bilod (Shaharlar onasi) deb yuritilgan. Yunonlar uni Baqtra deb ataganlar. Mudofaa devori bilan oʻralgan Bolo Hisorda va undan jan. roqdagi Yangi Balxda Balxning eng qad. xarobalari va turli topilmalar uchraydi. Kushonlar davrida va … Читать далее

BUXORO MUDOFAASI

BUXORO MUDOFAASI (1220-y. fev.) — shahar aholisining moʻgʻul bosqinchilariga qarshi qahramonona kurashi. Xorazmshoh Muhammad Movarounnahrga Chingizxon boshchiligidagi moʻgʻul istilochilari bosib kelayotganidan xabar topgach, mamlakat mudofaasi uchun notoʻgʻri strategik usulni qoʻllagan. U oʻz qoʻshinini Movarounnahrning barcha shaharlariga taqsimlab, har bir shahar mudofaasini oʻz holiga tashlab koʻygan. Xususan, Buxoro mudofaasi uchun amiroxur Ixtiyoriddin Kushlu va Inonchxon (Oʻgʻul … Читать далее

BIBIXONIM

BIBIXONIM (asl ismi Saroymulkxonim) (1341 — 1408) — Amir Temurning katta xotini, Chigatoy ulusi xoni — Hozonxonnknt qizi. Dastlab amir Hazagʻotshg nabirasi — Xusayn ibn Musallabga (1355), keyin (Husayn qatl etilgach) Amir Temurga nikohlangan (1370). Shu bone Amir Temur «Kuragon» unvoniga musharraf boʻladi. Zotan xon avlodiga mansub Saroymulkxonim haramdagi barcha malikalardan ulugʻ hisoblanib, «Katta xonim» … Читать далее