HIJRA

HIJRA, hijrat (arab. — koʻchib oʻtish) — Muhammad (sav) va tarafdorlarining Makkadan Madinaga koʻchishi. Oʻz diniy targʻibotini Makkada boshlagan Muhammad (sav) quraysh mushriklarining unga nisbatan dushmanligi kuchayishi, vaziyatning ogʻirla-shishi natijasida 622-y. safdoshlari bilan Madinaga koʻchishga majbur boʻldi. Koʻchish bir necha oy davom etgan, 638-y. da xalifa Umar buyrugʻi bilan musulmonlar oʻrtasida Hijra bilan bogʻliq taq-vim … Читать далее

HAYDAR

HAYDAR, Amir Haydar, Amiri Sayyid (1778 — Buxoro — 1826.6.10) – Buxoro amiri (1800 — 26), mangʻitlarlan, Amir Shohmurodning oʻgʻli, Doniyolbiy otaliqning ne-varasi. Uning onasi ashtarxoniylardan Abulfayzxonsh qizi Bonu Shams boʻlgan. Buxoro madrasalarida 10 y. tahsil olib, Qurʼoni karim sharhi va hadis ilmlarini puxta egallagan. Amir Shohmurod H. ni Qarshi viloyatiga hokim qilib tayinlagan. Shohmurod … Читать далее

CHAGʻONIYON

CHAGʻONIYON (arab. Sagʻoniyon) Surxondaryo (Chagʻonrud)ning oʻrta va yuqori oqimi boʻylarida joylashgan tarixiymadaniy viloyat. Dastlab Syuan Szan tomonidan (mil. taxm. 630-y.) qayd etilgan. Bu hududda insonlar yashaganligining eng qad. izlari mezolit va neolit davrlariga oid. Mil. av. 2ming yillikning 2yarmida bu yerda ilk dehqonchilik manzilgohlari (Moʻlalitepa), mil. av. 1ming yillik oʻrtasida esa ilk shahar (Qiziltepa) vujudga … Читать далее

ROMITAN

ROMITAN — Buxoro viloyati Romitan tumaniyaagi shahar (1981-y. dan), tumanning maʼmuriy markazi. Yaqin t. y. stansiyasi—Kogon (30 km). Viloyat markazi (Buxoro)dan 17 km. Aholisi 15 ming kishi (2003), asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, qozoq, tatar, rus va b. ham yashaydi. R. Oʻzbekistonning qad. shaharlaridan biri. Romitan nomi mahalliy rivoyatga koʻra, «Romitan» — «Tan oromi» dan deyiladi. … Читать далее

ROMAN

ROMAN (frans. roman) — nasriy asar janri; muayyan shaxs yoki bir necha shaxsning shakllanish va kamol topish jarayoni badiiy makon va zamonda tasvirlangan asar. Roman oʻrta asrlarda roman tillaritsa yozilgan har qanday asarni j, anglatgan. Romanda shaxs va jamiyat hayoti bir-birini inkor etmaydigan maʼlum maʼnoda mustaqil olam sifatida tahlil va talqin etiladi. Xuddi shu narsa … Читать далее

QOʻQON JOME MASJIDI

QOʻQON JOME MASJIDI — Qoʻqondagi meʼmoriy yodgorlik (1819 — 22); Qoʻqon xoni Umarxon nomi bilan bogʻliq. Masjid ulkan xonaqoh va uni uch tomonidan oʻrab olgan 98 yogʻoch ustunli keng ayvon hamda minoradan iborat. Bino devorlari ganchkori, izo-ralari chaspak uslubida, ayvon shifti toʻsinlari islimiy va girih naqshlar, ustunlar kalla muqarnaslar, oʻyma naqshlar bilan bezatilgan, tag-kursilar marmardan … Читать далее

QURBONLIK

QURBONLIK — xudoga yaqinlashish va uning rahm-shafqatiga sazovor boʻlish uchun xudo yoʻliga jonlik soʻyish. Qurbonlik odati qad. zamonlarda koʻp xalqlar va qabilalarda bor edi. islomdan ilgarigi arablarda qullarni, oʻz farzandlarini qurbon qilish odati boʻlgan. Qurʼonning 108-Kavsar surasida xudo jannatdagi Kavsar hovu-zini ato etgani uchun jonlik soʻyib Qurbonlik qilish haqida soʻz boradi. Siyrat Zamzam bulogʻi suvi … Читать далее

QOSIM ALI

QOSIM ALI (yoki Qosim ibn Ali) Chehrakushoy (15-a. 2-yarmi Hirot — 16-a. 30-y. lar, Seiston) — musavvir, xattot va olim; Hirot miniatyura maktabining yirik vakili. Kamoliddin Beh-zodnit eng yaqin shogirdi. Alisher Navoiyning shaxsiy kutubxonasida tarbiya topgan va ijod qilgan, Sulton Husayn Mirzo hukmronligi davri (1469—1506)da saroy kutubxonasida ishlagan. Hirotni 1510-y. da Shoh ismoil Safaviy egallagach, … Читать далее

PAYSHANBA

PAYSHANBA — Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanidagi shaharcha (1989-y. dan). Tuman markazi. 450 m balandlikda joylashgan. Yaqin t. y. stansiyasi — Kattaqoʻrgʻon (12 km), Samarqand sh. gacha 90 km. Aholisi 19 ming kishidan ziyod (2001). Payshanba dagi tepaliklari mil. av. 5—4-a. lardagi oid ostadonlarning topilishi u yerda qadimda aholi yashaganligi tasdiqlaydi. Qulay geografik mavqega ega boʻlgan … Читать далее

KALOBODIY

KALOBODIY (yoki al-Kaloboziy) , Abu Bakr Muhammad ibn Isʼhoq alBuxoriy [(?, Kalobod (Buxoro sh. yaqinida)—990 yoki 995, ?)] — hanafiylik faqihi, tasavvuf boʻyicha arab tilida yozilgan eng mashhur ilk asarlardan birining muallifi. Buxoroda vafot etgan deb taxmin qilinadi. Kalobodiy huquqni Muhammad ibn Fadladan oʻrgangan, sufiy shayx Qosim Farisga shogird tushgan. Kalobodiy yozgan 5 yoki 6 … Читать далее