BUXORO MUDOFAASI

BUXORO MUDOFAASI (1220-y. fev.) — shahar aholisining moʻgʻul bosqinchilariga qarshi qahramonona kurashi. Xorazmshoh Muhammad Movarounnahrga Chingizxon boshchiligidagi moʻgʻul istilochilari bosib kelayotganidan xabar topgach, mamlakat mudofaasi uchun notoʻgʻri strategik usulni qoʻllagan. U oʻz qoʻshinini Movarounnahrning barcha shaharlariga taqsimlab, har bir shahar mudofaasini oʻz holiga tashlab koʻygan. Xususan, Buxoro mudofaasi uchun amiroxur Ixtiyoriddin Kushlu va Inonchxon (Oʻgʻul Hojib) rahbarligi ostida 30 ming kishilik qoʻshin ajratilgan. Buxoroda bulardan tashqari amirlardan Xam id Pur, Sevinchxon va Koʻkxonlar bor edi. Chingizxon va uning kichik oʻgʻli Tulixon moʻgʻullarning asosiy kuchlari b-n Buxoroni 1220-y. fev. da qamal qilishgan. Buxoro amirlari uch ming kishi bilan tunda shahar qalʼasidan chiqib moʻgʻullar qarorgohiga shabixun (tungi hujum) uyushtirdilar, biroq yengilib, koʻp talafot koʻrib yana shaharga qaytishga majbur boʻlganlar. Buxoro amirlari uch kunlik qamaldan soʻng moʻgullar halqasini yorib oʻtib, Xurosonga ketishga qaror qilishgan. Biroq moʻgullar buxoro qoʻshinini pistirmaga tushirib, tormor keltirdilar, faqat Inonchxon ozgina qoʻshin bilan qamalni yorib oʻtishga muvaffaq boʻlgan. Himoyachilarsiz qolgach, shahar aholisining bir qismi taslim boʻlishga qaror qilib Chingizxon huzuriga qozi Badriddin Qozixon boshchiligidagi vakillarini joʻnatgan. Biroq shaharliklarning va qoʻshinning bir qismi (400 jangchi) yana 12 kun davomida arkka yashirinib bosqinchilarga qarshi qahramonona kurashni davom ettirdi. Shahar butkul vayron qilinib, yondirib yuborilgach, aholining bir qismi qirib tashlangan, qolganini boshqa shaharlarni olishda qamal ishlarida foydalanish uchun haydab ketishgan. Chingizxon Tovush bosqoqni Buxoro hokimi etib tayinlagan.

Ld..Rashid addin, Sbornik letopisey, t. 1, kn. 2, M. L., 1952; Shixab addin Muxammad anNasavi, Jizneopisaniye sultana Djalal addina Mankburnы, Baku, 1973; Mirzo Ulugʻbek, Toʻrt ulus tarixi, T., 1994.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x