BRAK

BRAK (rus. brak — nuqsonli) (ishlab chiqarishda) — davlat standartlari, texnik shartlar, etalonlar va sh. k. ga toʻgʻri kelmaydigan mahsulot. B. asosan tuzatib boʻladigan va tuzatib boʻlmaydigan turlarga boʻlinadi. Mahsulotni texnologik qayta ishlash natijasida uning nuqsonlariga barham berish mumkin boʻlsa, bunday mahsulottuza tib boʻladigan Brak, mahsulotning nuqsonini tuzatish qiyin va iqtisodiy jihatdan nomaqbul deb topilsa, … Читать далее

BOGʻ TUZISH SANʼATI

BOGʻ TUZISH SANʼATI, bogʻdorlik sanʼati — xiyobon, bogʻ, park, chorbogʻ va b. koʻkalamzorlashtirilgan joylar yaratish sanʼati. Meʼmoriy rejasi, tarkibidagi koʻshklari, hovuzlari, xilmaxil daraxtlari, chamanlari bilan meʼmorlikda alohida oʻrin tutadi. Doim oʻz tusini oʻzgartirib turuvchi yirik dovdaraxtlarning tabiat hamda badiiy ijod bilan uygʻunlashuvi Bogʻ tuzish sanʼatining oʻziga xos xususiyatidir. Bogʻ tuzish sanʼatida mahalliy iklim, boʻrtma tasvir, … Читать далее

BOSHQIZILSOY RASMLARI

BOSHQIZILSOY RASMLARI — kad. va ilk oʻrta asrlarga mansub qoyatosh rasmlari. Chatqol tizmasi (Oʻzbekiston)ning jan. gʻarbiy yon bagʻridagi Boshqizilsoy dara qoyatoshlariga ishlangan. Toshkent sh. dan 70—80 km sharqda, Toshkent viloyati Parkent tumani hududida. 1934-y. da A. Mirmuhamedov topgan, A. Kabirov oʻrgangan (1966, 1971—72). 400 dan ortiq rasmlarning asosiy qismi mil. av. 6—1-a. larga mansub; 1—8-a. … Читать далее

BOTANIKA

BOTANIKA (yun. botanikos — oʻsimlikka tegishli, botane — oʻsimlik, oʻt, giyoh) — oʻsimliklar toʻgʻrisidagi fanlar majmui. Botanika yer yuzidagi oʻsimliklar dunyosini, oʻsimliklar organizmlarining yashash va rivojlanish qonuniyatlarini hamda ularning bu jarayondagi oʻzaro aloqalarini, tashqi muhitga nisbatan munosabatlarini ilmiy jihatdan oʻrganadi. Botanika birbiri bilan oʻzaro bogʻlangan oʻsimliklar sistematikasi, paleobotanika, geobotanika, morfologiya, anatomiya, sitologiya, antekologiya, filogeniya, florogenetika, … Читать далее

BORISOV Oleg Matveyevich

BORISOV Oleg Matveyevich (1929, Mordva Respublikasi — 1988. 31. 10, Toshkent) — geolog olim. Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1984), geol. mineralogiya fanlari d-ri (1970). Oʻrta Osiyo davlat un-ti geol. f-tini bitirgan (1953). Oʻzbekiston FA geologiya va geofizika in-tida katta ilmiy xodim (1956—70), lab. mudiri (197086), Oʻzbekiston FA seysmologiya in-ti direktori (1986— 88). Asosiy ilmiy ishlari … Читать далее

BOLALAR KINOSI

BOLALAR KINOSI — bolalar va oʻsmirlarga moʻljallangan badiiy, oʻquv, hujjatlixronikal, multiplikatsion (rasmli va qoʻgʻirchoq) filmlar. Bolalar qiziqadigan mavzular aks ettiriladi, film mazmuni ularning ruhiyati va tiliga yaqin, yoshi va tushunchasiga moye boʻladi. Bolalar kinosida (teatrdan farqli) bolalar rolini shu yoshdagi bolalar oʻynaydi. Kino sanʼatining maxsus sohasi sifatida 1920—30-y. larda ajralib chikdi. Oʻzbekistonda birinchi Bolalar kinosi … Читать далее

VESTFAL FLORASI

VESTFAL FLORASI — Angliya, Fransiya, Germaniya, Belgiya va Dones havzasi hududlarida karbon davrida tarqalgan flora. Karbon davrida bu hududlar Yer sharining issiq va nam tropik qismi boʻlgan. Dastavval Vestfal florasi, asosan, qad. paleozoy qirqquloqlilari, ponabarglilari va pteridospermlari kabi oʻsimliklardan iborat boʻlgan. Keyinchalik Vestfal florasining tarkibi va joylashgan maydoni kengaya borgan. Oʻzbekistonda Boʻkantov, Oloy va Turkiston … Читать далее

BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING OʻZBEKISTONDAGI VAKOLATXONASI

BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING OʻZBEKISTONDAGI VAKOLATXONASI — BMT tizimidagi maxsus tashkilotlar faoliyatini birlashtirib, ular eʼtiborini Oʻzbekiston Respublikasi hukumati belgilagan asosiy yoʻnalishlarga qaratuvchi vakillik. 1993-y. 24 avg. da ochilgan. Vakolatxona maqsadi bozor iqtisodiyotiga oʻtish davriga xos islohotlarni amalga oshirish, ijtimoiy, taʼlim, ilmfan va madaniyat, inson huquqlari, demokratiya hamda boshqaruvni rivojlantirish, onalar va bolalar salomatligini yaxshilash, giyohvandlikka qarshi … Читать далее

BIOORGANIK KIMYO INSTITUTI

BIOORGANIK KIMYO INSTITUTI, Oʻzbekiston FA O. S. Sodiqov nomidagi bioorganik kimyo instituti — i. t. muassasasi. 1977-y. da Oʻzbekiston FA tarkibidagi bioorganik kimyo boʻlimi (1973) negizida tashkil etilgan. Intga asoschisi akad. O. S. Sodiqov nomi qoʻyilgan. Intning asosiy fundamental ilmiy yoʻnalishi hayvon va oʻsimliklar organizmidagi bioorganik kimyo jarayonlarini, yaʼni yuqori va quyi molekulyar tabiatga ega … Читать далее

BILAGUZUK

BILAGUZUK — ayollarning bilakka taqadigan ziynat buyumi; keng tarkalgan qad. taqinchoklardan. Oltin, kumush, mis va b. metallardan quyib (quyma Bilaguzuk), bolgʻalab (yozma yoki yorma B.) ishlanadi, jilo beriladi, bosma, chizma, kandakori usulida islimiy, handasiy naqshlar bilan bezatiladi, qimmatbaho toshlar kadaladi, baʼzan bezakda yozuv (mas, arab yozuvi) ham uchraydi. Bilaguzuk ingichka va keng (qalin) shaklli boʻlib, … Читать далее