BILAGUZUK

BILAGUZUK — ayollarning bilakka taqadigan ziynat buyumi; keng tarkalgan qad. taqinchoklardan. Oltin, kumush, mis va b. metallardan quyib (quyma Bilaguzuk), bolgʻalab (yozma yoki yorma B.) ishlanadi, jilo beriladi, bosma, chizma, kandakori usulida islimiy, handasiy naqshlar bilan bezatiladi, qimmatbaho toshlar kadaladi, baʼzan bezakda yozuv (mas, arab yozuvi) ham uchraydi. Bilaguzuk ingichka va keng (qalin) shaklli boʻlib, tuzilishiga koʻra ikki — ochiq (uchlari ochiq qolib tutashmagan) va berk (yaxlit, ikki tabaqali oshiqmoshikli) turi farklanadi. Oʻzbekiston hududidan topilgan arxeologik qazilmalar Bilaguzukning juda qad. ligini koʻrsatadi, ikki nayzani oʻzaro aylantirib ishlangan ochiq Bilaguzuk koʻgtlab topilgan. Bilaguzuk uchlari hayvon (mas, ilon, buka, baqa va b.) boshi koʻrinishida boʻlgan, davrlar oʻtishi bilan u oʻzining dastlabki xususiyati (ilohiy maʼno) ni yoʻqotib, faqat bezak vazifasini saklab qolgan. Berk Bilaguzuk yaxlit, ikki tabaqali (ochiladigan yoki egiluvchan oshiqmoshikli qilib tayyorlangan, oʻzaro ignaga oʻxshash ustun — «kalitcha» bilan mahkamlangan, «kalitcha» B. ka kalta zanjir bilan biriktirilgan) yoki kichik tabaqaeshikchali qilib ishlangan. Bezaklari soddadan tortib to murakkab naqshli oʻta hashamdor, baʼzan tosh va shisha koʻzlar kddalgan. Xorazm B. i kuyma usulida quyuq gullar hosil kilib tayyorlangan, toshkentlik va buxorolik ustalar bezakda sir (emal) dan ham foydalangan. Munchokli Bilaguzuk ham qadimdan mavjud boʻlgan. 19-a. da turli shaklli Bilaguzuklar tayyorlangan. Xorazmda yaxlit Bilaguzuk, Buxoro — Samarqandda shabaka — panjarali Bilaguzuk, ToshkentFargʻona vodiysida qoraytirib ishlangan oʻyma naqshli yengil Bilaguzuk taqish rasm boʻlgan. Marjonlardan shoda qilib tayyorlangani «puncha» deb atalgan, odatda chaqaloq (soʻrgʻichli Bilaguzuk) va kuzchalar bilagiga taqilgan.

B. Toshkent zargarlik z-dida va xalq amaliy sanʼati ustalari tomonidan tayyorlanadi.

Dilera Faxretdinova.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x