BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING OʻZBEKISTONDAGI VAKOLATXONASI

BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING OʻZBEKISTONDAGI VAKOLATXONASI — BMT tizimidagi maxsus tashkilotlar faoliyatini birlashtirib, ular eʼtiborini Oʻzbekiston Respublikasi hukumati belgilagan asosiy yoʻnalishlarga qaratuvchi vakillik. 1993-y. 24 avg. da ochilgan. Vakolatxona maqsadi bozor iqtisodiyotiga oʻtish davriga xos islohotlarni amalga oshirish, ijtimoiy, taʼlim, ilmfan va madaniyat, inson huquqlari, demokratiya hamda boshqaruvni rivojlantirish, onalar va bolalar salomatligini yaxshilash, giyohvandlikka qarshi kurash, Orol muammolarini xal etish sohasidagi xalqaro aloqalarni yoʻlga qoʻyishda maxsus dasturlarni ishlab chiqishda Oʻzbekiston bilan BMT oʻrtasida amaliy hamkorlikni rivojlantirishdan iborat. Tarkibi BMTning quyidagi boʻlim va dasturlaridan tashkil topgan: Taraqqiyot dasturi; Axborot va jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi; Giyohvandlikka qarshi kurash dasturi; Qochoqlar ishlari boʻyicha oliy komissar boshqarmasining vakolatxonasi; Bolalar jamgarmasi (YUNISEF); Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (YUNIDO) ning vakolatxonasi; Jahon sogʻliqni saklash tashkiloti; Aholi jamgʻarmasi (YUNFPA) va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x