HAYDAR

HAYDAR, Amir Haydar, Amiri Sayyid (1778 — Buxoro — 1826.6.10) – Buxoro amiri (1800 — 26), mangʻitlarlan, Amir Shohmurodning oʻgʻli, Doniyolbiy otaliqning ne-varasi. Uning onasi ashtarxoniylardan Abulfayzxonsh qizi Bonu Shams boʻlgan. Buxoro madrasalarida 10 y. tahsil olib, Qurʼoni karim sharhi va hadis ilmlarini puxta egallagan. Amir Shohmurod H. ni Qarshi viloyatiga hokim qilib tayinlagan. Shohmurod vafot etgach, Buxoro amirligi taxtiga oʻtirgan va «amir al-moʻminin» unvonini olgan (1800.2.12). Buxoro amirligida vujudga kelgan keskin siyosiy vaziyatni yumshatishga hara-kat qilgan. Haydar ayirmachilik kayfiyatlarni namoyon qilayotgan Shahrisabz, Kitob, Urgut bekliklari, Miyonqol va Samarqand hokimlariga qarshi janglar olib borishga majbur boʻlgan.

H. Xurosonga ham harbiy yurishlar qilib, Balx (1817), Badaxshon, Qunduz va Maymanani Buxoro amirligiga qaytargan.

Marv hokimi Din Nosirbek (H. ning ukasi) Xiva xoni Eltuzarxon qutqusiga uchib, akasiga qarshi bosh koʻtaradi (1804) va magʻlubiyatga uchraydi. Shu asnoda Xiva xoni Eltu-zarxon bir necha marta Buxoroga harbiy bosqinlar uyushtirgan. Ana shunday yurishlarning birida Niyozbek parvonachi boshchiligida 20 ming kishilik Buxoro qoʻshini xorazmliklar qoʻshinini magʻlubiyatga uchratgan. Eltuzarxon Amudaryodan qochib oʻtayotganda daryoda gʻarq boʻlib oʻlgan. Eltuzarxonning 3 birodari va qoʻplab xivaliklar asir tushishgan. Amir H. Eltuzarxonning kichik birodari Qutlugʻmurodxonni 400 asir bilan ozod qilib, Urganchga joʻnatgan.

1821—25 y. larda amir Haydarning soliq siyosatiga qarshi xitoy-qipchoqlar koʻtargan Miyonqol qoʻzgʻoloni ham katta qiyinchilik bilan bostirilgan.

Ahmad Donishnnng yozishicha, Haydar hukmronlik qilgan davrda Buxoroda ilm-fan, xususan, tarix va islom ilmlari rivojlangan. Haydar madrasalarda tahsil olib borish uchun Istan-bul, Kobul va b. shaharlardan koʻplab qoʻlyozma kitoblarni oldirgan. Uning oʻzi muntazam ravishda saboq bergan, madrasalarda dars oʻtgan. Haydar «al-Fa-void al-alfiya» nomli fiqhning xanafiya mazhabiga oid asar ham yozgan.

U hukmronligi davrida Buxoroda Chor minor va Xalifa Niyozqul madrasasi (1807), masjidlar, xonaqohlar, hammomlar qurilgan, Xalfa xudoydod majmuasi qurilishi davom ettirilgan. Buxoroda Haydar onasiga atab maxsus madrasa, Qarshida Ali mad-rasasi va Mir Muhammad madrasasini ham qurdirgan. H. Buxorodagi Joʻybor mavzeidagi Eshoni Imlo qabristonida otasi Shohmurod yonida dafn etilgan.

Ad.: Oʻzbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti, 1-qism, T., 2000.

Qahramon Rajabov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x