TURKISTON AVTONOM SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI

TURKISTON AVTONOM SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI (TASSR) — Turkiston oʻlkasida sovet tuzumi oʻrnatilgandan keyin bolsheviklar tomonidan tuzilgan va RSFSR ga kirgan avtonom respublika (1918—24). Mayd. 1.324.994 kv. versta. Aholisi 5 mln. dan ziyod kishi (1922). Poytaxti — Toshkent sh. Turkiston oʻlka sovetlarining 5syezdi (1918-y. 20 apr. —1 may)da 30 apr. kuni Rossiya Sovet Federatsiyasining Turkiston Sovet … Читать далее

MEʼMORLIK

MEʼMORLIK, arxitektura — foydalanishdagi maqsad va vazifalar, zamonaviy texnik imkoniyatlar va jamiyatning estetik karashlaridan kelib chiqib bino va inshootlarni loyihalash va qurish sanʼati. Meʼmor inson hayoti va faoliyati uchun zarur fazoviy muhitni tafakkur kuchi bilan avval ijodiy loyihada rejalab, uni amalda yuksak did va mahorat bilan bunyod etadi. Meʼmorlik asarlari qatoriga turli-tuman binolar, uyjoylar, meʼmoriy … Читать далее

MIRZACHOʻL TUMANI

MIRZACHOʻL TUMANI — Jizzax viloyatidagi tuman. 1967-y. 9 yanv. da tashkil etilgan. Shim. dan Qozogʻiston, shim.sharqdan Sirdaryo viloyati, jan. dan Jizzax viloyatining Doʻstlik, gʻarbdan Forish, Arnasoy tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 0,42 ming km2. Aholisi 49 ming kishi (2002). Mirzachoʻl tumanida 1 shahar (Gagarin),7 qishloq fuqarolari yigʻini (Bogʻbon, Ipakyoʻli, Mirzadala, Paxtazor, Toshkent, Yangidala, Oʻzbekiston) bor. Markazi … Читать далее

MEHNATOBOD TUMANI

MEHNATOBOD TUMANI — Sirdaryo viloyatiщti tuman. 1979-y. 6 dek. da tashkil etilgan (1988-y. avg. da yangi tashkil etilgan Yangiyer tumaniga qoʻshib yuborilgan, 1990-y. 5-martda yana alo-hida tuman sifatida tiklandi). Mehnatobod tumani viloyatning jan. dan Xovos, sharkdan Boyovut, gʻarbdan Sharof Rashidov tumanlari, shim. dan Mirzaobod tumani bilan chegaradosh. Mayd. 0,42 ming km2. Aholisi 23,1 ming kishi … Читать далее

SOXTA KURAKBURUNLILAR

SOXTA KURAKBURUNLILAR, qilquyruqlar, orol kurakburunlilari (Pseudoscaphirhynchus) — osyotrsimonlar (bakra baliqlar) oilasiga mansub chuchuk suv baliklari urugʻi. Gavdasining dum tomonida yaxlit suyak qalqonning boʻlmasligi bilan haqiqiy kurakburun baliklardan farq qiladi. 3 turi Orol dengizi havzasi daryolarida uchraydi. Barcha turlari Oʻrta Osiyo uchun endemik. Katta amudaryo S. k. uzunligi 75 sm gacha, vazni 2,5 kg gacha; mayda … Читать далее

XONGUL

XONGUL, buxoro bugʻusi (Cervus elaphus bactrianus) — bugʻular oilasi juft tuyoqlilar turkumiga mansub sut emizuvchi hayvon. Tanasi 78—86 sm, boʻyi (yagʻrinidan) 56—60 sm, ogirligi 75— 100 kg. Toʻq kulrang, yelkasida qoramtir yoʻllari bor. Shoxlari butoqli. Ilgari Amudaryo, Sirdaryo va Orol dengizi sohillaridagi qamishzor va toʻqaylarda tarqalgan edi. Hoz. faqat Amudaryo vohasidagi qoʻriqxonalarda yashaydi. Suvda yaxshi … Читать далее

TOʻNYUQUQ BITIKTOSHI

TOʻNYUQUQ BITIKTOSHI — marmar bitiktosh, turkiy yozuv yodgorligi, Eltarish xoqon (680)ning maslahatchisi va sarkarda Toʻnyuquq (taxm. 645—726) sharafiga qoʻyilgan (712—716). UlanBatordan 66 km jan. sharkda joylashgan. Bitik 62 satrdan iborat boʻlib, jan. va shim. tomonlarga bir-biriga qaratib qoʻyilgan 2 toʻrt qirrali tosh ustunga yozilgan. Jan. dagi ustunning bal. 170 sm, shim. dagisiniki 160 sm. Bitikning … Читать далее

ABDUNABIYEV Abdulla Gʻulomovich

ABDUNABIYEV Abdulla Gʻulomovich (1928.25.1, Toshkent) — tarixchi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1978). Tarix fanlari d-ri (1971), prof. (1972). Oʻrta Osiyo un-tini tugatgan (1950).. Sirdaryo pedagogika intining rektori (1966—71). Toshkent elektrotexnika aloqa in-ti tarix kafedrasi mudiri (1983-y. dan). Ilmiy ishlari Mirzachoʻlni oʻzlashtirish tarixi, Oʻzbekistonda demokratik jamiyat barpo etishda koʻp partiyaviylikning oʻrni masalalariga bagʻishlangan. «Shuhrat» … Читать далее

KOʻCHMANCHILIK

KOʻCHMANCHILIK — chorvachilikning maxsus shakli va bunday xoʻjalik b-n hayot kechiruvchi qabilalarning turmush tarzi. «K» atamasi baʼzan kengrok, tushunchada, qatto ovchilik, baliqchilik va terimchilik bilan kun kechiruvchi qabilalarning faoliyati va yashash yoʻsini maʼnosida ham talqin etiladi (mas, Avstraliya aborigenlari, Amerika indeyslari va b.). Yovvoyi hayvon turlarini xonakilashtirish (Osiyo, Shim. Afrika va Jan. Yevropada) neolit (yangi … Читать далее

XORAZM

XORAZM, Qadimgi Xorazm — Turon va Eron mintaqalari oraligʻida joylashgan tarixiy oʻlka va qad. davlat. X. hududi qadimda Amudaryo adoqlaridan jan. ga tomon Murgʻob va Tajan daryolarining yuqori oqimlarigacha choʻzilgan. Shu boisdan bu qad. tarixiy oʻlka fanda 2 xil: Kdd. Xorazm va Katta Xorazm nomlari bilan maʼlum. X. haqidagi ilk maʼlumotlar Avesto, Doro I ning … Читать далее