XONGUL

XONGUL, buxoro bugʻusi (Cervus elaphus bactrianus) — bugʻular oilasi juft tuyoqlilar turkumiga mansub sut emizuvchi hayvon. Tanasi 78—86 sm, boʻyi (yagʻrinidan) 56—60 sm, ogirligi 75— 100 kg. Toʻq kulrang, yelkasida qoramtir yoʻllari bor. Shoxlari butoqli. Ilgari Amudaryo, Sirdaryo va Orol dengizi sohillaridagi qamishzor va toʻqaylarda tarqalgan edi. Hoz. faqat Amudaryo vohasidagi qoʻriqxonalarda yashaydi. Suvda yaxshi suzadi. Oʻsimliklar bilan ozikdanadi. Urchish davrida urgʻochi va erkaklari birga poda boʻlib yuradi. Sent. —okt. da juftlashadi. Apr. —mayda bolalaydi. 2—3 yoshda jinsiy voyaga yetadi. Ovlash taqiqlangan. X. soni kamayib ketganligi sababli Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil roʻyxatiga va Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x