PETRUSHKA

PETRUSHKA (Petroselinum L.) – soyabonguldoshlar oilasiga mansub bir yoki ikki yillik oʻt oʻsimliklar turkumi, sabzavot ekini. Vatani — Oʻrta dengiz boʻylari. 4 turi bor, shundan poliz P. turi (P.sativum) ekiladi. Bi-rinchi yili barg va ildizmeva hosil qiladi. Barglari 3-marta patsimon ker-tikli. Ikkinchi yili oʻsimlik uzun sershox poya chiqarib gullaydi. Gullari mayda, chetdan changlanadi, toʻpguli — … Читать далее

PAXTA

PAXTA, chigitli paxta — gʻoʻzaning tola va chigitdan iborat asosiy mahsuloti. Paxta tozalash korxonasida Paxtaga dastlabki ishlov berish jarayonida chigitdan, avval, toʻqimachilik sanoatining ehtiyoji uchun asosiy mah-sulot — tola (uz. 20 mm dan uzun) aj-ratib olinadi. Shuning uchun butun du-nyoda Paxta tolaning sifatiga qarab baholanadi. Keyin chigitdan kimyo va mahalliy sanoat korxonalarida qoʻlla-niladigan lint (momiq) … Читать далее

PERU GʻOʻZASI

PERU GʻOʻZASI, Janubiy Amerika gʻoʻzasi, si-aylend goʻzasi (Gossypium barbadense L.) — madaniylashtirilgan gʻoʻza turi. Genomi (AD)2, xromosomalar soni 2p=52. K. Linney taʼriflab bergan (1753). Jan. Amerikada (Peru, Boliviya, Shim. Braziliya, Ekvador, Kolumbiya), Misr, Sudan, Nigeriyada tarqalgan. Peru gʻoʻzasining madaniylashtirilgan shakllari koʻpgi-na mamlakatlarda uzun tolali gʻoʻza navlari sifatida ekiladi. Peru gʻoʻzasi — yi-rik yoki oʻrtacha monopodial … Читать далее

KIVISIMONLAR

KIVISIMONLAR, qanotsizlar (Apterygiformes) — qushlar turkumi. Tojsuyaksiz qushlar (tuyaqushsimonlar katta oilasi)ga yaqin turadi. Qanoti rivojlanmagan, dumi yoʻq. Oyoqlari baquv-vat, toʻrt barmokli, tumshugʻi uzun; kattaligi tovukdek, ogʻirligi 1,4—4 kg. 3 turi bor. Yangi Zelandiyada tarqalgan. Qalin butazorlarda yashaydi, toʻngi monogam qush. Yiliga 2-marta urchiydi. Yerga yoki ildizlar ostiga uya quradi. 1-2 ta yirik tuxum qoʻyadi. Tuxumni … Читать далее

TIMSOHLAR

TIMSOHLAR — suvda yashovchi sudralib yuruvchilar turkumi. Tanasi kaltakesakka oʻxshash, uz. 2—7 m, boshi yassilashgan, tumshugʻi uzun. Koʻzlari va burun teshiklari boshi ustidan boʻrtib chiqib turadi. Burun va quloq teshiklari suvda yopiladigan klapanlar bilan taʼminlangan. Ogʻiz boʻshligʻida ikkilamchi tanglay boʻladi. Tishlari yirik. Tili ogʻiz tubiga yopishgan. Dumi uzun va baland (ikki yondan yassilashgan). Orqa oyoqlari … Читать далее

TILLAQOSH

TILLAQOSH — zargarlik buyumi; ayollarning bosh kiyimi ustidan peshonaga taqiladigan taqinchogʻi. Tilla yoki tilla suvi yugurtirilgan kumush va b. metallardan yasaladi. Tillaqosh asosini qayrilma qosh shaklidagi bir-biri bilan tutashadigan 2 boʻlak hosil qiladi, boʻlaklar tutashgan joyga bir dona laʼl qadaladi, boʻlaklar yuzasi naqshlar bilan bezatilib, yuqori cheti feruza koʻzlar bilan hoshiyalanadi; qayrilma qosh shaklining yuqorisiga … Читать далее

PAXTA TOLASI

PAXTA TOLASI — chigit qobigʻida yetiladigan ingichka, uzun, silliq va pishiqtabiiy tola. Asosan, paxta sellyulozasidan iborat. Paxta tozalash korxonalarida chigitdan ajratib olinadi. Ip va toʻqimachilik mahsulotlari tayyorlashda ishlatiladi. Paxta tolasi dan, asosan, toʻqimachilik sanoatida turli ip gazlama (satin, batist, zefir, toʻr, poplin va h. k.), trikotaj va b. ishlab chiqariladi, yigirilgan ip tayyorlanadi. Undan aviatsiya, … Читать далее

XEYLUNSZYAN

XEYLUNSZYAN — Xitoyning shim. sharqiy qismidagi provinsiya, Amur daryosi (xitoycha Xeylunszyan) havzasida. Mayd. 463,6 ming km2. Aholisi 37,73 mln. kishi (1999). Maʼmuriy markazi — Xarbin sh. Yer yuzasining aksari qismi tekislik. Shim. gʻarbida Katta Xingan, oʻrta qismida Kichik Xingan, jan. sharqida Sharqiy Manchjuriya togʻlari joylashgan. Maydonining 30% oʻrmon bilan qoplangan. Xoʻjaligi agrarindustrial xarakterga ega. Q. … Читать далее

MEHMED II FOTIH

MEHMED II FOTIH (1432-1481) – usmonlilar sulolasiga mansub turk sultoni (1444-46, 1451-81). Murod II ning 4-farzandi. M. II F. turk, arab, fors, yunon, slavyan tillarini bilgan. Turk qoʻshinlarining yurishiga shaxsan koʻmondonlik qilib, jahongirlik siyosati yurgizgan. 1452-y. ning martida M. II F. buyrugiga binoan, Bosforning Osiyo qismida Boyazid I Yildirim tomonidan barpo etilgan Ana-doʻlihisorning qarama-qarshisida, yaʼni … Читать далее

MAVRAK

MAVRAK (Salvia) — labguldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtlar va yarim butalar turkumi. 500 turi bor. Oʻzbekistonda 16 turi uchraydi. Shundan yarim buta boʻlgan dorivor Mavrak ekib oʻstiriladi; boʻyi 50 sm. Barglari choʻziq yoki keng nashtarsimon, uzun bandli (poyaning yuqori qismidagisi bandsiz), qarama-qarshi joylashgan. Gullari koʻk, binafsha, poya shoxlarining uchida soxta toʻpgul hosil qiladi. Bargida … Читать далее