PETRUSHKA

PETRUSHKA (Petroselinum L.) – soyabonguldoshlar oilasiga mansub bir yoki ikki yillik oʻt oʻsimliklar turkumi, sabzavot ekini. Vatani — Oʻrta dengiz boʻylari. 4 turi bor, shundan poliz P. turi (P.sativum) ekiladi. Bi-rinchi yili barg va ildizmeva hosil qiladi. Barglari 3-marta patsimon ker-tikli. Ikkinchi yili oʻsimlik uzun sershox poya chiqarib gullaydi. Gullari mayda, chetdan changlanadi, toʻpguli — soyabonsimon. Urugʻi mayda. Petrushka sovuqqa chidamli, namsevar va yorugʻtalab oʻsimlik; 3—5° da urugʻi unib chiqadi. Bargi va ildizmevasida oqsil, yogʻ, shuningdek, efir moylari, S,A,Vr V2, vita-minlar va b. bor. P. ning ildizi, bargi va faqat bargi isteʼmol etiladigan ikki xili bor. Ildizi va poyalaridan oziq-ovqat sanoati va tibbiyotda foydalaniladi. Bargi isteʼmol etiladigan turining ildizi ingichka va ser-tarmoq. Petrushka urugʻi erta bahorda yoki kech kuzda sabzi kabi sepiladi. Oshkoʻk si-fatida ishlatiladi. Oʻzbekistonda Petrushkaning Nilufar va ildizmevali Saxarnaya navlari ekiladi.

Ad:. Boʻriyev X. Ch., Abdullayev A., Tomorqa sabzavotchiligi, T., 1987.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x