MITOZ

MITOZ (yun. mitos — ip) , kariokinez — eukariot hujayralarning boʻlinib koʻpayish usuli. Mitozdan oldin hujayra boʻlinishga tayyorgarlik davri (interfaza)ni oʻtadi. Interfazada DNK, oqsil, ATF sintez boʻladi. Natijada xromosomalardagi DNK miqdori ikki hissa ortadi (q. Xromosomalar). Bu jarayon replikatsiya deyiladi. Mitoz 4 faza: profaza, metafaza, anafaza, telofazadan iborat. Profazada xromosomalar spirallashib, yiriklasha boshlaydi; yadro membranasi … Читать далее

MENDELEYEV DAVRIY SISTEMASI

MENDELEYEV DAVRIY SISTEMASI, kimyoviy elementlar davriy sistemasi — D. I. Mendeleyevning oʻzi kashf etgan davriy qonun asosida tuzgan elementlar davriy sistemasi, davriy qonunning grafik ifodasi. Mendeleyev davriy sistemasi mavjud elementlarning hammasini bir butun qilib birlashtiradi, ular oʻrtasida obyektiv qonuniy aloqa borligini koʻrsatadi va hali maʼlum boʻlmagan elementlarni, ularning xossalarini oldindan aytishga imkon beradi. Mendeleyevgacha ham … Читать далее

MUHAMMAD (MAMAT) MAHRAM MAJMUASI

MUHAMMAD (MAMAT) MAHRAM MAJMUASI — Xivaning Dishan qalʼa qismidagi meʼmoriy yodgorlik (1903). Xiva xoni Muhammad Rahimxon II ning yaqin mulozimlaridan boʻlgan Mamat Mahram tomonidan qurilgan. Madrasa, guzar masjidi, minora va b. qoʻshimcha xonalardan iborat. Majmua (21,0 x39,0 m) bosh tarzi (eni 27,0 m) jan. ga qaragan, bir qavatli, gʻishtin ravoqli. Peshtoq hamda 2 gumbazli miyonsaroy … Читать далее

MATRAP

MATRAP — bedana va b. yovvoyi parrandalarni ovlash uchun ishlatiladigan an-jom. Uzun dasta (2,5—3 m atrofida) va uning uchiga oʻrnatiladigan toʻr xaltali chambarak (diametri 1 — 1,5 m) dan iborat. Dasta, odatda, tol daraxtidan, chambarak tut daraxti novdasidan, toʻr xalta esa bakuvvat paxta ip yoki kapron ipdan tayyorlanadi. Toʻr xaltaning koʻzi ovlanadigan parranda chiqib keta … Читать далее

MORXOʻR

MORXOʻR, burama shoxli echki (Capra falconeri) — togʻ echkilari urugʻiga mansub sut emizuvchilar turi. Gavdasining uz. 170 sm, boʻyi yagʻrinidan 90 sm ga, vazni 90 kg ga yaqin. Shoxlari parmaga oʻxshash buralgan. Juni jigarrang, baʼzan oqish. Erkaklarining boʻyni va koʻkragida uzun junlari bor. Shim. va Shim.-Gʻarbiy Hindiston, Jan.-Sharqiy Eron va Afgʻonistonda tarqalgan. Oʻzbekistonda Koʻhitang va … Читать далее

PETRODVORES

PETRODVORES (1944-y. gacha Petergof) — RF Leningrad viloyatidagi shahar. Sankt-Peterburg shahar maʼmuriyatiga qarashli, Fin qoʻltigʻining jan. sohilidagi pristan. T. y. stansiyasi (Noviy Petergof). Soatsozlik z-di bor. Axrlisi 81,8 ming kishi (1998). Saroybogʻ muzey qoʻriqxonasi, Petrodvores dagi dastlabki qurilishlar Pyotr I buy-rugʻiga binoan, 1709-y. da boshlangan. Podsho bu yerda yozgi qarorgoh yaratishni maqsad qilgan. Unda dunyoga … Читать далее

MUBORAK TUMANI

MUBORAK TUMANI — Qashqadaryo viloyatitsat tuman. 1978-y. 13 sent. da tashkil etilgan. Gʻarbda Buxoro viloyati, shim. da Navoiy va Samarqand viloyatlari, sharkda viloyatning Koson tumani, jan. da Kasbi va Mirishkor tumanlari b-n chegaradosh. Mayd. 3,07 ming km2. Aholisi 62 ming kishiga yaqin (2003). Tumanda 4 qishloq fuqarolar yigʻini (Muborak, Sariq, Qarluk, Qoraqum), 1 shahar (Muborak) … Читать далее

MURSAK

MURSAK, murassa (arab. — ziynatlangan, bezatilgan) — avra-astarli, uzun yengli, qad. ustki kiyim. Bichigʻi toʻgʻri bichimli, toʻn yoqali, oldi chuqurroq oʻyilgan, etak barlari bir-biriga kirgan, ikki yon tomonida mayda burmalarga yigʻilgan. Mursak chetlari jiyaklar bilan hoshiyalangan. Mursak baxmal, parcha, kimxob, adras, shoyi (astari shoyi, ip matolar) dan tayyorlangan. Mursakning ichiga yupqa paxta solib qavilgan (qishki) … Читать далее

MUSHUKSIMONLAR

MUSHUKSIMONLAR (Felidae) – yirtqich sut emizuvchilar turkumi oilasi. Kattaligi har xil. Boshi yumaloq, dumi odatda uzun. Oyoqlari nisbatan uzun, barmoklarida yuradi. Oldingi oyoklari 5 barmokli (1barmogʻi boshqalaridan balandroqda joylashgan), orqa oyoklari 4 barmokli. Tirnoklari yurganida oyogʻi ichiga tortiladi (ge-pardlarda tortilmaydi). Yirtqich, tunda faol hayot kechiradi, yirtqich tishlari yaxshi rivojlangan, oziq tishlari oʻtkir qirrali. Juni odatda … Читать далее

MUSKULLAR

MUSKULLAR, mushaklar — odam va hayvonlar gavdasi aʼzolari; nerv impulslari taʼsirida qisqarish xususiyatiga ega toʻqima (muskul toʻqimasi)dan tashkil topgan. Silliq, koʻndalangtargʻil va yurak muskullari birgalikda organizmning muskul sistemasini tashkil etadi. Harakatlanishda asosiy rol oʻynaydi. Koʻndalangtargil va silliq Muskullarga boʻlinadi. Silliq muskul lardan ichki aʼzolar, qon va limfa tomirlari devorining muskul pardalari, shuningdek, teri muskullari hosil … Читать далее