XEYLUNSZYAN

XEYLUNSZYAN — Xitoyning shim. sharqiy qismidagi provinsiya, Amur daryosi (xitoycha Xeylunszyan) havzasida. Mayd. 463,6 ming km2. Aholisi 37,73 mln. kishi (1999). Maʼmuriy markazi — Xarbin sh.

Yer yuzasining aksari qismi tekislik. Shim. gʻarbida Katta Xingan, oʻrta qismida Kichik Xingan, jan. sharqida Sharqiy Manchjuriya togʻlari joylashgan. Maydonining 30% oʻrmon bilan qoplangan. Xoʻjaligi agrarindustrial xarakterga ega. Q. x. ning yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik. Bugʻdoy, makkajoʻxori, gaolyan, kartoshka, arpa, suli va b. ekiladi. X. qand lavlagi, soya, uzun tolali zigʻir, kungaboqar yetishtirishda mamlakatda 1oʻrinda. Kumir, yonuvchi slanes, temir rudasi va rangli metall rudalari qazib olinadi. Neftni qayta ishlash sanoati rivojlangan. Neft quvurlar orqali Datsin, Pekin, ShanyanDalyan sh. lariga yuboriladi. Mashinasozlikning turli tarmoqlari, metallurgiya, kimyo, qogʻoz, yogochsozlik sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari, stanoklar, elektrotexnika, radioelektronika buyumlari ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik sanoatlari rivojlangan. Daryolarida kema qatnaydi. Asosiy shaharlari — Sitsikar, Mudanszyan, Xegan va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x