JINSIY SIKL

JINSIY SIKL — jinsiy voyaga yetgan urgʻochi xdyvonlarda koʻpayish bilan bogʻliq holda takrorlanib turadigan morfofiziologik jarayon. Yil davomida koʻpayadigan hayvonlarda bu jarayon koʻp marta va toʻxtovsiz takrorlanib turadi (politsiklik hayvonlar). Politsiklik Jinsiy sikl mavsumiy koʻpayadigan va koʻpayish davrida bir Jinsiy sikl hosil qiladigan turlar uchun xos (maye, qon soʻruvchi pashshalarning gonadotrofik sikli). Moʻtadil va oʻrta … Читать далее

INSTINKT

INSTINKT (lot. instinctus — uygʻonish, qoʻzgʻalish) — muayyan sharoitda hayvonlarning bitta turi uchun xos boʻlgan murakkab irsiy xattiharakatlari majmui. Instinkt tashqi va ichki qoʻzgʻalishlarga javob tariqasida paydo boʻladi. Instinktni ilmiy tadqiq qilishni Ch. Darvin boshlab bergan. U birinchi boʻlib Instinktning rivojlanishi turning tarixiy shakllanishi va nerv sistema-sining tuzilishi bilan bogʻliqligini koʻrsatib berdi. Instinktni rus olimlaridan … Читать далее

OVQATLANISH

OVQATLANISH — organizmning hayot faoliyatini taʼminlash, salomatlik va ish qobiliyatini saqlab turish uchun zarur oziq moddalarni oʻzlashtirish jarayoni. Kishi rejim bilan toʻgʻri ovqatlansa, kasalliklarga kamroq chalinib, ularni oson yengadi. Toʻgʻri Ovqatlanish barvaqt qarib qolishning oldini olishda ham muhim ahamiyatga ega. Meʼda-ichak, yurak-tomir kasalliklari va b. kasalliklarda alohida tuziladigan ratsion hamda Ovqatlanish rejimi davo shartlaridan hisoblanadi … Читать далее

SKUMBRIYASIMONLAR

SKUMBRIYASIMONLAR (Scumbridae) — okunsimonlar turkumiga mansub suyakli baliklar oilasi. Uz. 40—60 sm (baʼzan 3 m gacha), vazni 1,5—8 kg. Dumining asosi ingichkalashgan, unda 4—9 qoʻshimcha mayda suzgichlar bor. Tangachalari mayda, 15 urugʻi, 40 dan ortik, turi tropik, subtropik va iliq suvli dengizlarda tarqalgan. Skumbriyasimonlar tuda boʻlib, sohil yaqinida suzib yuradi. Skumbriyasimonlarning bir turi — oddiy … Читать далее

LAQQA BALIQ

LAQQA BALIQ (Silurus glanis) – laqqalar oilasiga mansub baliq. Boʻyi 5 m gacha, ogʻirligi 300 kg cha. Tanasi tangachasiz. Orqa suzgich qanoti kichik. Ogʻzi keng. Pastki jagʻi uzunroq. Moʻylovi 3 juft. Orqa tomoni zaytun tusda, ost qismi (qorni) esa ok.. Yevropadagi koʻl va daryolarda yashaydi. Oʻzbekiston daryolarida uchraydi. 4—5 y. da voyaga yetadi. Bahorda yoki … Читать далее

ILONBOSH

ILONBOSH (Channidae yoki Ophiocephalidae) — olabugʻasimonlar turkumiga mansub baliq. Tanasining uz. 15—120 sm, vazni 7 kg gacha. Asl vatani tropik Afrika, gʻarbiy va jan. sharqiy Osiyo, Amur daryosi havzasi. Yassilashgan boshi tangachalar bilan krplangan bulib, ilon boshiga uxshaydi. Orqa va anal suzgichlari uzun. I. ning atmosfera havosidan nafas olishga imkon beradigan jabra usti organi bor. … Читать далее

IKRA

IKRA (rus.) — 1) baliqlar, mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar, ignatershshlar va b. hayvonlarning suvga qoʻyadigan tuxum hujayralari (uvildiriq); 2) baliqlarning uvildiriqlaridan qayta ishlab olinadigan ovqat mahsuloti; 3) toʻgʻralgan baqlajon va b. ni oʻsimlik moyida qovurib tayyorlanadigan gazak (baʼzan konservalanadi). Пост Навигацияси

QORA BALIQLAR

QORA BALIQLAR, marinkalar — karpsimonlar oilasiga mansub baliqlar urugʻi. Uz. 50—70 sm gacha (odatda, 25—45 sm), vazni 8 kg gacha (odatda, ancha kam). Orqa suzgichida mayda tishchali tikanlari bor; orqa chiqaruv teshigi yaqinidagi tangachalari birmuncha yirikroq. Osiyo qitʼasidagi suv havzalarida, shuningdek, Amudaryo va Sirdaryoda keng tarqalgan. Maydan avgustgacha 13,5—28 mingtagacha uvildiriq tashlaydi. Shu davrda uvildiriqlari, … Читать далее

BUKRI BALIQ

BUKRI BALIQ, gorbusha (Opsoghynchus gorbusha) — losossimonlar oilasiga mansub baliq. Asosan, Tinch okeanining shim. qismi va qisman Shim. Muz okeanida tarqalgan. Tanasining uz. 60—70 sm, koʻpincha 45—50 sm, ogʻirligi 1,5—1,7 kg gacha boradi. Yashash davri juda qisqa, hayoti davomida fakat bir marta uvildiriq tashlaydi. Urchish paytida dengizdan daryolarga, xususan, Yapon dengiziga quyiladigan daryolarga (koʻproq Amurga) … Читать далее

LOSOSSIMONLAR

LOSOSSIMONLAR (Salmonidae) – seldsimonlar turkumiga mansub oʻtkinchi va chuchuk suv baliklari oilasi. Orqa suzgichida 17 tagacha nurlari boʻladi. Tuxum yoʻllari yaxshi rivojlanmagan, yetilgan uvildirigʻi tana boʻshligʻiga tushadi. Tinch okean lososlari (keta, bukri baliq, nerka, sima) va haqiqiy lososlar (segma, kumja, shixan va b.) mavjud. Losossimonlar fakat chuchuk suvlarda koʻpayadi (oʻtkinchi Losossimonlar uvildiriq tashlash uchun daryolarga … Читать далее