ILONBOSH

ILONBOSH (Channidae yoki Ophiocephalidae) — olabugʻasimonlar turkumiga mansub baliq. Tanasining uz. 15—120 sm, vazni 7 kg gacha. Asl vatani tropik Afrika, gʻarbiy va jan. sharqiy Osiyo, Amur daryosi havzasi. Yassilashgan boshi tangachalar bilan krplangan bulib, ilon boshiga uxshaydi. Orqa va anal suzgichlari uzun. I. ning atmosfera havosidan nafas olishga imkon beradigan jabra usti organi bor.

Ilonbosh Channa argus Amur daryosi havzasida tarqalgan. Tanasining uz. 85 sm gacha, vazni 7 kg gacha. Botqoqlashgan va hatto ifloslangan kulmak suv havzalarida yashay oladi, suvsizlikka bir necha kun chidaydi. 3 yoshida voyaga yetadi, iyuniyul oylarida urchiydi. Urgochilari suv yuzasida poya va barglardan yasalgan uyaga oʻrtacha 7300 uvildiriq tashlaydi, erkagi bu tuxumlarni qoʻriklaydi. Yirtqich, 20-a. ning 60-y. larida Oʻzbekiston suv havzalariga tasodifan kelib krlgan. Ovlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x