INSTINKT (lot. instinctus — uygʻonish, qoʻzgʻalish) — muayyan sharoitda hayvonlarning bitta turi uchun xos boʻlgan murakkab irsiy xattiharakatlari majmui. Instinkt tashqi va ichki qoʻzgʻalishlarga javob tariqasida paydo boʻladi. Instinktni ilmiy tadqiq qilishni Ch. Darvin boshlab bergan. U birinchi boʻlib Instinktning rivojlanishi turning tarixiy shakllanishi va nerv sistema-sining tuzilishi bilan bogʻliqligini koʻrsatib berdi. Instinktni rus olimlaridan I. M. Sechenov, Instinkt Pavlov va b. ham oʻrganishgan. Instinkt — murakkab shartsiz reflekslardan (q. Shartsiz reflekslar) iborat boʻlib, ular asosida shartli reflekslar vujudga keladi. Biologik mohiyatiga koʻra, Instinkt quyidagi guruhlarga ajratiladi: oziqlanish (oziqni to-pish, oziq gʻamlash va b.); turni saqlab qolishga qaratilgan passiv (tegilganda qimirlamasdan qotib turish, qochib qolish va b.) va aktiv (jismlar, shox-shabbalar va b. yordamida himoya) hi m o – yalanish; jinsiy bezlar funksiyasi bilan bogʻliq boʻlgan jinsiy Instinkt (jinsiy mayl, otalanish, baliqlarning uvildiriq tashlash joyiga migratsiyasi va b.); avlod toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik bilan bogʻliq boʻlgan ota-onalik Instinkti (uya va in qurish, bola boqish, bolani himoyalanishga, ov qilishga oʻrgatish va b.); poda, gala, oila aʼzolarining oʻzaro munosabatlarini tashkil qiluvchi guruhli Instinkt Hasharotlar xattiharakatlarining deyarli hammasi Instinktdan iborat. Baliklar, qushlar va ayniqsa sut emizuvchilar xattiharakatlarining asosiy qismini Instinkt emas, balki shartli reflekslar tashkil etadi. Odamda Instinkt uning tarbiya jarayonida shakllanadigan ongli faoliyatiga boʻysungan boʻladi. Instinktni oʻrganish va undan foydalanish chorvachilik, ovchilik xoʻjaliklarida, q. x. zararkunandalari va infeksion kasalliklarning qoʻzgʻatuvchilariga qarshi kurashda katta ahamiyatga ega (yana q. Reflekslar).
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
Войти через
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии