LOSOSSIMONLAR

LOSOSSIMONLAR (Salmonidae) – seldsimonlar turkumiga mansub oʻtkinchi va chuchuk suv baliklari oilasi. Orqa suzgichida 17 tagacha nurlari boʻladi. Tuxum yoʻllari yaxshi rivojlanmagan, yetilgan uvildirigʻi tana boʻshligʻiga tushadi. Tinch okean lososlari (keta, bukri baliq, nerka, sima) va haqiqiy lososlar (segma, kumja, shixan va b.) mavjud. Losossimonlar fakat chuchuk suvlarda koʻpayadi (oʻtkinchi Losossimonlar uvildiriq tashlash uchun daryolarga oʻtadi). Uvildiriq tashlash davrida Losossimonlarning tashqi koʻrinishi (ayniqsa, erkaklarida) keskin oʻzgaradi. Tinch okean lososi, bukri baliq va baʼzan Losossimonlar hayoti davomida bir marta uvildiriq tashlab xalok boʻladi. Pushti uncha koʻp boʻlmaydi. Koʻpchilik Losossimonlar turi qumli, maydatoshli va toshli sayoz suvlarga uvildiriq tashlaydi. Bir qancha oʻtkinchi turlari pakana formalarni hosil qiladi. Losossimonlar ovlanadi. 11 turi va kenja turlari Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan. Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston suv havzalarida orol lososi, yaʼni kumja va amudaryo gulmoyi kenja turlari uchraydi (keyingi maʼlumotlarga qaraganda, orol lososi qirilib yoʻq boʻlib ketgan).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x