MOYBALIQLAR

MOYBALIQLAR (Chalcalburnus) karpsimonlar oilasiga mansub balik,lar turi. Uz. 40 sm gacha, vazni 800 g gacha. Tanasining qorin va anal suzgichlari oraligʻidagi terisi tangachalar b-n toʻliq qoplanmagan. Oʻrta Osiyo va Yevropa daryolari, Tigr va Yefrat daryolari havzalarida bir necha turi uchraydi. Orol dengizi, Sirdaryo va Amudaryoning quyi oqimi va Zarafshon darasida orol moybaligʻi kenja turi; Kaspiy, … Читать далее

MOʻYLOVLI BALIQLAR

MOʻYLOVLI BALIQLAR (Barbus) karpsimonlar oilasiga mansub baliqlar urugʻi. Daryo va koʻllarda yashaydi yoki oʻtkinchi baliqlar. Ogʻzi yonida ikki juft moʻylovi, orqa suzgichida tishchalari, baʼzan silliq tikani boʻladi. Koʻpchilik turlari Afrika va Osiyoning tropik, Yevropaning iliq suvlarida yashaydi. Orol moʻylovli baligʻi (B.brachycephalus)ning uz. 1 m gacha, vazni 20 kg gacha. 5—6 y. da voyaga yetadi. Uvildiriq … Читать далее

KARPSIMONLAR

KARPSIMONLAR, zogʻorabaliqsimonlar (Cyprinidae) — karpsimonlar turkumiga mansub baliqlar oilasi. Tanasi (uz. 2 sm dan 1,5 m gacha) sikloid tangachalar bilan qoplangan yoki yalangʻoch. Jagʻlarida tishlari boʻlmaydi, ozigʻi halqumidagi yutinish tishlari yordamida maydalanadi. Yevrosiyo, Afrika, Shim. va Markaziy Amerikaning chuchuk va kam shoʻrlangan suvlarida tarqalgan; K. 200 ga yaqin urugʻ, 1500 ga yaqin tur kiradi. Oʻzbekistonda … Читать далее

MINTAYLAR

MINTAYLAR (Theragra) — treskasimonlar oilasiga mansub baliqlar urugʻi. Uz. 40—55 sm, vazni 1,5 kg gacha, tanasi choʻziq, orqa suzgichlari 3 ta, anal suzgichlari 2 ta, dum suzgichi qisman 2 boʻlakka boʻlingan. Uzoq Sharq mintayi Tinch okeanning shim. qismidagi Bering boʻgʻozidan boshlab Koreyaga va Shim. Kaliforniyagacha boʻlgan dengizlarda 500— 700 m chuqurlikda yashaydi. 3—4 yilda jinsiy … Читать далее

SOXTA KURAKBURUNLILAR

SOXTA KURAKBURUNLILAR, qilquyruqlar, orol kurakburunlilari (Pseudoscaphirhynchus) — osyotrsimonlar (bakra baliqlar) oilasiga mansub chuchuk suv baliklari urugʻi. Gavdasining dum tomonida yaxlit suyak qalqonning boʻlmasligi bilan haqiqiy kurakburun baliklardan farq qiladi. 3 turi Orol dengizi havzasi daryolarida uchraydi. Barcha turlari Oʻrta Osiyo uchun endemik. Katta amudaryo S. k. uzunligi 75 sm gacha, vazni 2,5 kg gacha; mayda … Читать далее

XUMBOSH BALIQLAR

XUMBOSH BALIQLAR (Hypophalmichthynae) — karpsimonlar oilasiga mansub chuchuk suv baliqlari kenja oilasi. Uz. 1 m gacha, vazni 20— 35 kg. Jabra pardalari baʼzan oʻzaro qoʻshilib oʻsib, toʻr hosil kiladi. Peshonasi nisbatan baland (nomi shundan). 2 turi maʼlum. Sharqiy va Jan. Sharkiy Osiyo daryolarida yashaydi. 5—7 yilda jinsiy voyaga yetadi. Yozda suv toshganida 490—560 ming uvildiriq … Читать далее

SIXLASOMALAR

SIXLASOMALAR (Cichlasoma) – olabugʻa baliqlar turkumi urugʻi. Uz. 10—30 sm. Tanasi baland, ikki yondan siqiq. Erkaklarida orqa va anal suzgichlari keyingi cheti uzun va oʻtkir. Rangi har xil, koʻpincha dogʻlari yoʻl-yoʻl tusda boʻladi. 20 ga yaqin turi bor. Shim. Amerikaning jan. qismi, Jan. Amerika va Karib dengizi o. laridagi chuchuk suv havzalarida tarqalgan. Suv tubidagi … Читать далее

SELDSIMONLAR

SELDSIMONLAR (Clupeiformes) suyakli baliqlar turkumi. Uzunligi, odatda, 5—75 sm, faqat doraba baligʻi —3,7 m, vazni (dorabadan tashqari) — 4 kg gacha. Jabra nurlari 5—20 ta. Suzgich pufagi ochiq, uning oʻsimtalari eshitish kapsulasi ichiga kiradi. Suzgichlari tikansiz. Orqa suzgichi bitta. Qorin suzgichlari 6—8 nurli. Tangachalari sikloidsimon. Yon chiziqlari boʻlmaydi, ammo jabra qopqogʻida sensor naylari yaxshi rivojlangan. … Читать далее

OʻTKINCHI BALIQLAR

OʻTKINCHI BALIQLAR — baliqlarning ekologik guruhi; uvildiriq tashlashi davrida dengizlardan daryolarga (anadrom migratsiya) yoki daryolardan dengizlarga (katadrom migratsiya) koʻchib oʻtadi. Anadrom migratsiya seldsimonlar, losossimonlar, osyotrsimonlar va boshqalar baliklar uchun xos. Bu balikdarning bir qismi kuzda jinsiy hujayralari yetilmasdan oldin daryolarga oʻtib, bahorda koʻpayishga kirishadi (qishki irqlar); boshqa qismi bahorda jinsiy hujayrasi yetilish oldidan daryolarga oʻtadi … Читать далее

KARPTISHLISIMONLAR

KARPTISHLISIMONLAR (Cyprino-dontiformes) — suyakli baliqlar turkumi. Amerika, Afrika, Jan. Yevropa, Jan.-Sharqiy Osiyodagi chuchuk suvlarda tarqalgan 400 ga yaqin tur kiradi. Tanasi silindrsimon, oldingi qismi yon tomondan siqilgan va suyak tangalar b-n qoplangan. Koʻpchilik turlari suvning yuqori qatlamlarida yashaydi; ogʻzi yuqoriga qaragan; suzguchlari yumshoq. Yelka suzgichi bitta, tishlari rivojlangan. Koʻllar va sekin oqadigan suv havzalarida yashaydigan … Читать далее