PITNAK

PITNAKXorazm viloyati Hazorasp tumani hududidagi shahar (1974-y. dan). Amudaryoning chap sohilida joylashgan. T. y. stansiyasi. Viloyat markazi (Urganch sh.) gacha 90 km, tuman markazi (Hazo-rasp sh.)gacha 34 km. Aholisi 40,2 ming kishi (Pitnak qishlogʻi va Tuproqqalʼa hududi aholisi bilan birga; 2001), asosan, oʻzbeklar (95%), shuningdek, qozoq, turkman, rus, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. Pitnak tarixiy joy nomi boʻlib Beruniy asarlarida ham uchraydi.

Pitnak vohasi sugʻorish uchun qulay boʻlganligi sababli bu yerlarda mil. avvalgi asrlarda xam odamlar yashaganligi maʼlum (Kaparas, Elxaras, Humbuztepa kabi kalʼa va tepaliklar oʻrnida olib borilgan arxeologik qazishmalar buni tasdikdaydi). 16-a. boshlarida Xiva xonligi tashkil topganda Pitnak vohasi noiblik boʻlgan. 1873-y. da Kaufman boshchiligidagi rus qoʻshinlari Pitnakni ham bosib olishgan. 1920-y. gacha noiblik boʻlib turgan. 1920—27 y. larda esa tuman maqomini olgan. Keyinroq shu atrofdagi 4 ta qishloq birlashtirilib Pitnak deb atalgan. 1924-y. ning boshida Pitnakda shoʻrolar hokimiyatiga qarshi qoʻzgʻolon boʻlib oʻtgan. «Pitnak» soʻzi qad. xorazmiy tilida «Pita — yer, taqir, nak — kichik, yaʼni «oz yer» maʼnosida ishla-tilgan. 1969-y. Tuyamoʻyin gidrouzelini qurish boshlanishi jarayonida Pitnak qishlogʻi yonidagi dasht yerda Drujba sh. quriddi. 1992-y. 16-martda yon atrofdagi Sarimoy, Tuproqqalʼa va Pitnak qishloqlari ham Drujba sh. kengashining maʼmuriy qaramogʻiga oʻtkazidsi va 1998-y. gacha shu nom (Drujba) bilan yuritildi.

Pitnakda 6 sanoat korxonasi, 16 qurilish, 7 transport va aloqa, 7 savdo va maishiy xizmat, 200 oʻrta va kichik biznes, 2 qoʻshma korxonalari, Xorazm avtomobil i. ch. birlashmasi, Tuyamoʻyin GES, «Tuyamoʻyin — Urganch» suv tozalash in-shooti, shakarqand, paxta tozalash z-dlari va b. yirik korxonalar mavjud.

Shaharda q. x. mahsulotlarini qayta ishlovchi z-dlar va yirik sexlar ishlab turibdi. Pitnak hududidan t. y., respublika ahamiyatidagi Urganch—Toshkent magistral avtomobil yoʻli oʻtgan. 19 umumiy taʼlim maktabi, litsey-internat, kasb-hunar maktabi, madaniyat uyi, kutubxona bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x