URGANCH

URGANCH (1929-y. gacha Yangi Urganch) — Xorazm viloyatiiati shahar, viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Amudaryoning quyi oqimi chap sohilida. Shovot kanali shahar oʻrtasidan oʻtib, Urganchni shim. va janubiy qismlarga ajratgan. Shim. qismida, asosan, turar joy binolari, ilmiy va madaniy maorif muassasalari, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari, jan. qismida esa i. ch. korxonalari joylashgan. Har ikkala sohil birbiri bilan koʻpriklar orqali bogʻlangan. Aholisi 136,8 ming kishi (2004).

Shaharga 1646-y. da Xiva xoni Abulgʻoziy Bahodirxon tomonidan asos solingan. Amudaryo oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib Orol dengizi tomon oka boshlaganidan soʻng Gurganj sh. (Koʻhna Urganch) suvsiz qolgan. Abulgʻoziy Bahodirxon Gurganj, Vazir qalʼa (shahar)larida va ular atroflarida tarqoq holda yashagan aholini koʻchirib Amudaryoning jan. qismlarida joylashtirgan va aqoli oʻrnashgan hudud atrofini qalʼa devori bilan mustahkamlab unga «Toza Urganch», yaʼni «Yangi Urganch» deb nom bergan. Shundan keyin qad. Gurganj sh. ning nomi Koʻhna Urganch boʻlib kolli. Yangi Urganch bilan Koʻhna Urganch oraligʻi 170 km.

Yangi Urganch (hoz. Urganch) sh. Buyuk ipak yoʻlida joylashganligi tufayli tez surʼatlarb-n rivojlangan savdo va hunarmandchilik markaziga aylangan. Abulgʻoziy Bahodirxonning ugli Anushaxon (Anushoh) davrida (1664 — 89) Yangi Urganch yaqinida katta kanal qazilib, unga Shohobod (Shovot) nomi qoʻyilgan.

Mahalliy tarixchi olimlarning maʼlumotlari boʻyicha, Yangi Urganch 17—18a. larda bal. 4—5 m li devor bilan oʻralgan qoʻrgʻon (shaharcha) boʻlgan. Shaharchada taxm. 5 ming kishi yashagan; koʻplab mayda doʻkonlar, ustaxonalar ishlab turgan. 1873-y. avgust oyida Turkiston viloyati gaz. da Yangi Urganch haqida: «Kattaligi Orol boʻyidagi Kazalinskiy shahricha keladi, atrofi qalʼa devorlari bilan oʻrab olingan, Amudaryodan 12 chaqirim narida joylashgan kichkina shahar. Orol dengizidan to Xivaga kelguncha Urganchdek goʻzal shahar yoʻq. U bogʻlar va ariqlar bilan oʻrab olingan», deb yozilgan. Oʻsha davrda Yangi Urganchda 6 mingga yaqin aholi yashagan. 1889-y. da shaharda Yaroslavl manufakturasi korxonasiga qarashli paxta tozalash z-di, 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida «Xayriya jamiyati», RusOsiyo banki, rustuzem maktabi, xotinqizlar maktablari ochildi. 1931-y. da viloyat teatri Xiva sh. dan Urganchga koʻchib oʻtdi. 1935-y. da shaharda oʻqituvchilar inti faoliyat koʻrsata boshladi. 1952-y. da ChorjoʻyUrganch— Qoʻngʻirot t. y. qurib bitkazildi. 1959-y. dan Urganch Taxiatosh elektr energiyasini ola boshladi, 1963-y. da Oʻrta Osiyo — Markaz magistral gaz quvuriga ulandi.

Shahar nomining kelib chiqishi mil. av. 7—6-a. larga borib taqaladi. «Avesto» kitobida Vurukash (Orol) dengizi boʻyida Urga (Urva) sh. boʻlganligi qayd etilgan. Tabiiy ofatlar (suv toshqini, qurgʻoqchilik) tufayli Urga hoz. Koʻhna Urganch hududiga koʻchirilgan. 8-a. gacha «Gurganj» nomi bilan yuritilgan. 712-y. da shahar arablar tomonidan bosib olinganidan keyin «Jurjoniya» deb ataldi. 1221-y. moʻgʻullar egallagandan soʻng shahar nomi Urganch shaklida yuritila boshladi. 14-a. Yevropa manbalarida shahar (Koʻhna Urganch) Wrgant shaklida tilga olinadi.

Mustaqillik yillarida Urganchda qurilish ishlari avj oldi. Urganchning shim. gʻarbiy qismida «Navroʻz». «Taraqqiyot» «Universitet» shaharchalari paydo boʻldi. Urganch—Xiva oraligʻida 30 km li trolleybus qatnovi (1997) yoʻlga qoʻyildi.

Urganchda paxta tozalash, ekskavator, oʻt oʻrish mashinalari i. ch., «Urganchyogʻ» z-dlari, pillakashlik, tikuvchilik, poyabzal f-kalari, Uzbekistan—Turkiya «Nurtop» qoʻshma korxonasi va b. faoliyat koʻrsatdi.

Unt, Toshkent birinchi tibbiyot intining filiali, 36 umumiy taʼlim, 3 musiqa, 2 kasbhunar maktablari, 8 kasbhunar kolleji mavjud. Viloyat musiqali drama va komediya teatri, kartinalar galereyasi, 27 kutubxona, madaniyat va istirohat bogʻi, «Olimpiya» sport majmuasi, stadionlar, sport zallari va maydonchalari, tennis kortlari bor. 21 kasalxona, poliklinika, dorixonalar va b. tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. 4 sanatoriy, dam olish maskanlari ishlab turibdi. 1992—2003-y. larda «Buyuk allomalar xiyoboni», «AlXorazmiy», «AlBeruniy», «Amir Temur», «Mirzo Ulugʻbek», «Abulgʻoziy Bahodirxon», «Ogahiy», «Komiljon Otaniyozov», «Avaz Oʻtar oʻgʻli», «Xumo qushi», «Jaloliddin Manguberdi», «Avesto» yodgorlik majmualari bunyod etildi.

1999-y. da shaharda Jaloliddin Manguberdinint 800-yilligi, 2001-y. da «Avesto» kitobi yaratilganligining 2700-y. lik yubileylari xalqaro miqyosda nishonlandi. 2003-y. da shaharda tantanali ravishda Xorazmda «Umid nihollari» respublika sport musobaqalarining oʻtkazilishi munosabati bilan bir qancha yirik sport inshootlari bunyod etildi. Qad. Xiva bilan bogʻliq holda turizm rivojlangan. Mahalliy va xorijiy mehmonlar va sayyohlarga «Oʻzbekturizm» kompaniyasining boʻlimi, «Jayhun», «Xorazm Palas», «Avesto» mehmonxonalari xizmat koʻrsatadi.

Shaharda 27 nomda gaz. va jurnallar (jumladan, «Xorazm haqiqati», «Urganch oqshomi», «Yoshlar ovozi», «Tujjor» va b.) nashr etiladi. Meʼmoriy yodgorliklardan Doshqinbobo meʼmoriy majmuasi (1827), Salimjonovlar uyi (1902), pochta binosi (1915), Boboxun Salimov uyi (20-a. boshi) va b. saklangan.

Ad..Abulgʻozi y , Shajarai turk, T., 1991; Nurjanov K., Matnazarova G., Xorazm tarixi, 1—2 j., Urganch, 1995; Mamedov M. A., Muradov R. G., Srednevekovыye pismennыye istochniki o Drevnem Urgenche, Ashxabad, 2000.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x