XUDOYBERGANOV

XUDOYBERGANOV Matpano (taxallusi Suxanvar; 1888, Xiva — 1960, Urganch) — xonanda (lirik tenor), sozanda (tanbur, dutor), maqomchi, shoir. Sozandalikni, xalq musiqasi va Xorazm maqomlarini otasi Xudoybergan muhrkan va Matyoqub Xarrashovsap oʻrgangan. Sozchilar uyushmasi ansambli (192532), Urganch teatra (193234), Milliy estrada (1934—40)da sozanda va xonanda, maqomchilar ansambli rahbari (1942—47). Xorazm maqomlari va suvora yoʻllarining mohir ijrochisi sifatida tanilgan. Xudoyberganovning keng ovoz diapazoniga asoslangan nafis xonandalik uslubi shogirdlari Boltayev, K. Otaniyozov, N. Yusupovalar ijrochiligida oʻz aksini topgan. Xudoyberganovning rahbarligi va nazorati ostida Sanʼatshunoslik intida Xorazm maqomlarining ashula yoʻllari (H. Boltayevdan Buzruk, K. Otaniyozov, K. Ismoilovlardan Rost, Navo, Dugoh, Segoh) magnit lentasiga yozib olingan (1949—52). Shogirdi M. Yusupov X. dan oʻrgangan Xorazm maqomlarini toʻla notaga olgan va nashr ettirgan («Oʻzbek xalq musiqasi», 6j., 1958; «Xorazm maqomlari», 1—3 j., 1980—87). Xudoyberganovning yozgan gʻazallari Nasrulloyi, Nasri Rost kabi makom va anʼanaviy suvora turkumidagi kuylarda aytyladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x