SELDSIMONLAR

SELDSIMONLAR (Clupeiformes) suyakli baliqlar turkumi. Uzunligi, odatda, 5—75 sm, faqat doraba baligʻi —3,7 m, vazni (dorabadan tashqari) — 4 kg gacha. Jabra nurlari 5—20 ta. Suzgich pufagi ochiq, uning oʻsimtalari eshitish kapsulasi ichiga kiradi. Suzgichlari tikansiz. Orqa suzgichi bitta. Qorin suzgichlari 6—8 nurli. Tangachalari sikloidsimon. Yon chiziqlari boʻlmaydi, ammo jabra qopqogʻida sensor naylari yaxshi rivojlangan. … Читать далее

SUV XOʻTIKCHALARI

SUV XOʻTIKCHALARI (Asellidae) teng oyoklilar turkumiga mansub qisqichbaqasimonlar oilasi. Hovuz, koʻl va tinch oqadigan suvlarda koʻp uchraydi. Keng tarqalgan turlaridan biri suv xoʻtikchasining uz. 12—20 mm. 6 juft oyoklari yordamida. suv tubida harakatlanadi. Qorin boʻshligʻidagi plastinkasimon jabralari yordamida nafas oladi. Tuxum qoʻyib, juda tez koʻpayadi. Suv xoʻtikchalarining urgʻochisi tuxumdan chiqqan bolalarini koʻkrak oyoklari asosidagi xaltachasida … Читать далее

PRIAPULIDLAR

PRIAPULIDLAR (Priapuliada) – tuban chuvalchanglar guruhi. Uz. 2 mm dan 10 sm gacha. Gavdasi chuvalchangsimon, gavda boʻshligʻi parenxima bilan toʻlgan. Gavdasining oldingi qismi — xartu-mi maxsus muskullar yordamida ichkarigatortib olinadi. Ichagi toʻgʻri, ogʻiz va anal teshiklari rivojlangan. Qon aylanish sistemasi yoʻq. Ayirish organlari protonefridiylar. Nerv sistemasi xalqum atrofi nerv halqasi va qorin nerv stvolidan iborat. … Читать далее

MOLLYUSKALAR

MOLLYUSKALAR (Mollusca) — umurtqasiz hayvonlar tipi. Gavdasi, odatda, bosh, tana va oyoq boʻlimlaridan iborat (ikki pallalilardan tashkari). Tanasi mantiya deb ataladigan teri burmasi bilan oʻralgan. Mantiya bilan tanasi oraligʻida mantiya boʻshligʻi boʻladi. Bu boʻshlikda jabralar va boshqa organlar joylashgan. Ayirish, orka chiqaruv va jinsiy teshiklar ham mantiya boʻshligʻiga ochiladi. Mantiya tananing orqa tomonida chigʻanoq hosil … Читать далее

PALPATSIYA

PALPATSIYA (lot. palpatio — silash) , paypaslash — vrachning bemorni tekshirish usuli; bunda yuza toʻqimalar va chuqur joylashgan aʼzolarni muntazam paypaslab, mas, terining t-rasi va namligi, baʼzi ichki aʼzolarning kattakichikligi, joylanishi, yuzasi kanday ekanligi va konsisten-siyasi, tomir urish xususiyatlari, shuningdek, Palpatsiyaga nisbatan bemorning re-aksiyasi (mas, ogʻriq sezishi) aniqlanadi. Bimanual (ikki qoʻl yordami-da), yuzaki (qorin boʻshligʻidagi … Читать далее

XAZOYIN UL-MAONIY

«XAZOYIN UL-MAONIY» («Maʼnolar xazinasi») — Alisher Navoiyning asari. 1491—96 y. larda tartib berilgan. «Xazoyin ul-maoniy ul M.» — «Gʻaroyib ussigʻar» («Yoshlik gʻaroyibotlari»), «Navodir ush-shabob» [«Yigitlik nodirlik (sheʼr)lari»], «Badoeʼ ul-vasat» («Oʻrta yosh badialari») va «Favoyid ul-kibar» («Keksalik foydalari») nomli devonlardan tarkib topgan mukammal yigʻma devon. Xalq orasida «Chor devon» deb ham yuritiladi. «Xazoyin ul-maoniy ulM.»ning tuzilish … Читать далее

KURTAKXOʻR

KURTAKXOʻR (Gmetocera ocellana F.) – kapalaqlar turkumining parvonalar oilasiga mansub hasharot. Oʻrta Osiyo, Gʻarbiy Yevropa, Uzoq Sharq, Shim. Amerikada tarqalgan. Kapalagi sariqkulrang, oldingi qanotining orqasida keng oq yoʻli bor, qanotlari yozilganda 1,5 sm. Lichinkasi avval oq, keyin pushtirang, oʻz. 10—13 mm. Gʻumbagi oʻz. 6,5—8,0 mm, qorin boʻgʻimlarida tikanlari bor. Qurti oʻz. 9—12 mm, jigarrang. Kurtakxoʻr … Читать далее

TERI

TERI — odam va hayvonlar tanasining tashqi qoplami. Organizmni tashqi taʼsirotlardan himoya qiladi, sezish, moddalar almashinuvi, organizmdan keraksiz moddalarni chiqarish, termoregulyatsiya va b. da qatnashadi. Katta yoshdagi odamda Teri satqi 1,5 — 2 m2, qalinligi gavdaning turli joyida turlicha boʻlib, 0,5 mm dan 2 mm gacha. Kaft va tovonda 4 mm ga yetadi. Teri butun … Читать далее

OʻPKA

OʻPKA — odam, quruqlikda yashovchi hayvonlar va baʼzi baliqlarning havodan nafas olish aʼzosi. Oʻpka ayrim mollyuskalar (quruqlikda va chuchuk suvda yashovchi qorinoyoqlilar), boʻgʻimoyoqlilar (chayonlar), baliqlar (ikki xil nafas oluvchilar, panjaqanotlilar, koʻpqanotlilar), quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlar va odamda qon bilan nafas olingan havo oʻrtasida gaz almashinuvini amalga oshiradi. Ikki xil nafas oluvchi baliqlar Oʻpkasi kataklarga boʻlingan, … Читать далее

OʻRGIMCHAKSIMONLAR

OʻRGIMCHAKSIMONLAR — xelitseralilar kenja tipiga mansub boʻgʻimoyoqlshar sinfi. Uz. 0,1 mm dan 17 sm gacha. Ogʻiz organi soʻruvchi. Koʻzlari oddiy. Boshkoʻkragi ingichka poyacha orqali qorin bilan tutashgan yoki unga qoʻshilib ketgan. Qorinoyoqlari reduksiyaga uchragan yoki shaklan oʻzgarib taroqsimon oʻsimta, varaqsimon oʻpka yoki toʻr bezlarini hosil qiladi. Oʻpka yoki traxeyalar orqali nafas oladi. Ayirish organlari — … Читать далее