SELDSIMONLAR

SELDSIMONLAR (Clupeiformes) suyakli baliqlar turkumi. Uzunligi, odatda, 5—75 sm, faqat doraba baligʻi —3,7 m, vazni (dorabadan tashqari) — 4 kg gacha. Jabra nurlari 5—20 ta. Suzgich pufagi ochiq, uning oʻsimtalari eshitish kapsulasi ichiga kiradi. Suzgichlari tikansiz. Orqa suzgichi bitta. Qorin suzgichlari 6—8 nurli. Tangachalari sikloidsimon. Yon chiziqlari boʻlmaydi, ammo jabra qopqogʻida sensor naylari yaxshi rivojlangan. 3 oilasi (seldlar, anchouslar, dorabalar); 70 urugʻi va 300 ga yaqin turi maʼlum.

Tropik, iliq va baʼzan sovuq suvli dengizlarda yashaydi. Ayrim turlari chuchuk suvlarda uchraydi yoki uvildiriq tashlash uchun daryolarga oʻtadi. Toʻda boʻlib va pelagik yashaydigan baliklar plankton bilan oziqlanadi. Koʻpchilik turlari ovlanadi. Yashash sharoitining oʻzgarishi yoki koʻp ovlanishi tufayli ayrim turlari (kaspiy Seldsimonlar) keskin kamayib bormoqda. Sdan Orol dengizida salaka yashagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x