KRABLAR

KRABLAR, kaltadum qisqichbaqalar (Brachyura) — oʻn oyoqli qisqichbaqasimonlar turkumiga mansub kenja turkum. Boshi kichkiva, koʻzi murakkab, antenna va antennulalari kalta. Boshkoʻkragi keng. Koʻkrak qalqonining kengligi 2—20 sm, baʼzan 60 sm gacha (yapon Krablari). Oldingi juft oyoqlari qisqichli. Qorni kalta, boshkoʻkrak qismi ostiga egilgan. Erkagining 2 juft qorin oyoqlari kopulyativ organga aylangan. Urgʻochisi 4 juft oyoqlarida … Читать далее

SOʻRUVCHILAR

SOʻRUVCHILAR, trematodalar (Trematoda) — yassi chuvalchanglar sinfi. Hayvonlar, baʼzan odamning ichki parazita. Toʻgʻri ichakli kiprikli chuvalchanglardan kelib chiqqan. Gavdasining uz. bir necha mm dan 5 sm (baʼzan 1,5 m) gacha. Shakli bargsimon, baʼzan choʻziq. Odatda, 2 soʻrgʻichi bor. Ogʻiz soʻrgʻichi gavdasining oldingi uchida, uning tubida ogʻiz teshigi joylashgan. Qorin soʻrgʻichi ogʻiz soʻrgʻichidan orqaroqda, baʼzan gavdasining … Читать далее

SUT EMIZUVCHILAR

SUT EMIZUVCHILAR (Mammalia) umurtqali hayvonlar sinfi. Trias oxirida yirtqich sudralib yuruvchilar — sinodontlardan kelib chiqqan. Sinodontlar bir guruhidan koʻp boʻrtiqlilar (qirilib ketgan), ikkinchisidan kloakalilar paydo boʻlgan. Koʻp boʻrtiqlilardan Yura davrida pantoteriyalar, ulardan esa hozirgi xaltalilar va yoʻldoshlilar vujudga kelganligi taxmin qilinadi. Sut emizuvchilarning tashqi koʻrinishi va oʻlchami har xil. Pakana oq tishlining (hasharotxoʻrlardan) uz. 4 … Читать далее

ESHAKQURTLAR

ESHAKQURTLAR — yengoyoqli qisqichbaqasimonlar turkumiga mansub umurtqasiz hayvonlar; kenja turkum. 1000 ga yaqin turi maʼlum. Hamma yerda tarqalgan, nam va iliq hamda quruq yerlarda yashaydi. Eshakqurtlar, ayniqsa, tropik va subtropik mamlakatlarda koʻp. Rossiya, Oʻrta Osiyo, Kavkaz, Qrimda ham uchraydi. Tanasi 1—50 mm, boshida uzun antennalari va kalta antennullalari bor. Koʻkrak oyoqlari 7 juft va bir … Читать далее

PERITONIT

PERITONIT (yun. peritonaeum — qorin pardasi) — qorin pardasining yalligʻlanishi. Hamma yoshdagi kishilarda uchraydi. Odatda, qorin boʻshligʻidagi aʼzolarning shikastlanishi yoki ularga mikroblar (ichak tayoqchasi, streptokokk, stafilokokk) tushishi oqibatida yuzaga keladi. Meʼda, oʻn ikki barmoq ichak yarasi, oʻt pufagi, koʻrichakning yorilib ketishi va churraning qisilib qolishi, qorin boʻshli-gʻining jarohatlanishi va b. P. ga sabab boʻladi. Oʻtkir … Читать далее

TUNLAMLAR

TUNLAMLAR, tungi kapalaklar (Noctuidae) — tangaqanotlilar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. 25 mingga yaqin turi maʼlum. Kapalaklari oʻrtacha va mayda (3—5 sm), krramtir, oldingi qanotlarida bir xil naqshi bor, qorni tuklar bilan qoplangan. Kapalaklarning ogʻiz apparati soʻruvchi, qurtlariniki kemiruvchi tipda. Qurtlarining koʻpchiligi yalangʻoch, gʻumbagi qizgʻishjigarrang yoki qoʻngʻir. Kapalaklari gul va daraxt shirasi bilan oziklanadi. Yangi qoʻygan … Читать далее

XOTIN-QIZLAR KASALLIKLARI

XOTIN-QIZLAR KASALLIKLARI, ayollar kasalliklari, ginekologik kasalliklar — xotinqizlar organizmining anatomik va fiziologik xususiyatlariga bogʻliq kasalliklar boʻlib, ginekologiya fani oʻrganadi. Bu kasalliklar jinsiy sistemaga tegishli boʻlsada, u butun organizmga taʼsir qiladi. Barcha aʼzo va sistemalar bir-biri bilan uzviy bogʻliqligi tufayli Xotin-qizlar kasalliklariga butun organizmning kassalligi deb qarash lozim; ginekologik kasalliklar oʻz navbatida boshqa aʼzo va sistemalar … Читать далее

KAMBALASIMONLAR

KAMBALASIMONLAR (Pleuronecti-formes) — suyakli baliqlar turkumi. Voyaga yetgan davrida tanasi asimmetrik siqilgan, yapaloq boʻladi. Uz. 6 sm dan 4,7 m gacha, vazni bir necha g dan 330 kg gacha. Jabra pardasi 6—7 nurli. Suzgich pufagi boʻlmaydi, suzgich qanotlarida tikanlari, odatda, rivojlanmagan, qorin suzgichlari 5—6 nurli, tangachalari sikloid yoki ktenoid tipda. Ikkala koʻzi ham boshining bir … Читать далее

OYOQ

OYOQ — tayanch va harakat aʼzosi. Hayvonlarda Oyoqning vujudga kelishi va tuzilishi turlicha boʻlsa ham, bajaradigan vazifasi oʻxshash. Koʻp qilli halqalilarning juda sodda tuzilgan juft oyogʻi muskulli, kalta, lekin serxarakatdir. Xordali hayvonlar oyogʻi toq va juft boʻladi. Quruklikda yashaydigan barcha umurtqali hayvonlarda toq Oyoq boʻlmay-di, biroq ular suvda yashashga oʻtsa, toq Oyoq (suzgich qanotlar) qayta … Читать далее

BOʻGʻIMOYOQLILAR

BOʻGʻIMOYOQLILAR (Arthropoda) umurtqasiz hayvonlar tipi. Boʻgʻimoyoqlilarning ajdodi tuban tuzilgan dengiz halqali chuvalchanglari hisoblansada, ularning bitta yoki bir necha umumiy ajdodlardan kelib chiqqanligi toʻgʻrisidagi muammo hozirgacha uzilkesil hal etilmagan. Eng qad. boʻgʻimoyoklilardan trilobitasimonlar quyi kembriy qatlamlaridan boshlab uchraydi. Ordovik va silur davrida Boʻgʻimoyoqlilar quruqlikka chiqishgan. Boʻgʻimoyoqlilarning tanasi va oyoqlari boʻgʻimlarga boʻlingan (B. nomi ham ana shundan … Читать далее