PALPATSIYA

PALPATSIYA (lot. palpatio — silash) , paypaslash — vrachning bemorni tekshirish usuli; bunda yuza toʻqimalar va chuqur joylashgan aʼzolarni muntazam paypaslab, mas, terining t-rasi va namligi, baʼzi ichki aʼzolarning kattakichikligi, joylanishi, yuzasi kanday ekanligi va konsisten-siyasi, tomir urish xususiyatlari, shuningdek, Palpatsiyaga nisbatan bemorning re-aksiyasi (mas, ogʻriq sezishi) aniqlanadi. Bimanual (ikki qoʻl yordami-da), yuzaki (qorin boʻshligʻidagi aʼzolar kasalligida paypaslash), chuqur (tekshirilayotgan aʼzoni qoʻl bilan chuqur bosib paypaslash) va b. xillari bor. Suyaklar, boʻgʻimlar, muskullar, limfa tugunlari, oʻsmalar, yuza joylashgan kon tomirlar ham paypaslab tekshiriladi. Oʻpka kasalliklarini (mas, zotiljam), homilador ayollarda homilaning kattakichikligini aniqlashda Palpatsiyadan foydalaniladi. Qorindagi aʼzolar: meʼda, ichak, jigar, taloq, buyrakni tekshirishda Palpatsiya usuli muqim ahamiyatga kasb etadi, chunki bunda shu aʼzolar haqida aniq fikrga ega boʻlinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x