KSILEMA

KSILEMA (ksilo…) — quruqlikda oʻsadigan oʻsimliklarning suv va mineral tuzlarni ildizdan yuqoriga oʻsimlik boʻylab oʻtkazuvchi toʻqimasi. Ksilema tutash qalqalar yoki oʻtkazuvchi naycha tolalari bogʻlami holida joylashadi, Ksilema asl oʻtkazuvchi (traxeidlar va traxeyalar, yaʼni naychalar) va mexaniq (libroform) hujayralardan hamda yogʻoch va nursimon parenximadan iborat. Ksilema hamma hujayralarining devori yogʻochlanadi. Asl Ksilema qirqquloqsimonlar, ochiq urugʻlilar va … Читать далее

EFIOPIYA

EFIOPIYA, Efiopiya Federativ Demokratik Respublikasi, Habashiston — Shim. Sharqiy Afrikadagi davlat. Mayd. 1222 ming km2. Aholisi 67,6 mln. kishi (2002). Poytaxti — AddisAbeba shahri Maʼmuriy jihatdan 9 shtatga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Efiopiya — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1995 yil 22 avg. da qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (2001-yildan Girma VoldeGiorgis), u parlament tomonidan 6 yil … Читать далее

BUTA

BUTA — tagidan bir-biriga teng tana (poya) larning oʻsib chiqishi hamda past boʻlishi bilan boshqa daraxtlardan farq qiladigan oʻsimliklarning hayotiy shakli. Boʻyi yarim m dan past boʻlgan, shoxlari yogʻochlangan kalta oʻsimliklar butacha deb ataladi. Пост Навигацияси

MACHIN

MACHIN, olabutasimon tojixoʻroz (Amaranthus blitoides S. Wate.) — gultojixoʻrozdoshlar oilasiga mansub bir yillik begona oʻt. Poyasi, asosan, yer bagʻirlab oʻsadi, sershox, boʻyi 15 — 50 sm. Barglari choʻziq nashtarsimon, tuksiz, uchi toʻmtoq. Gullari yuqori barg qoʻltiklari va poya uchlarida joylashgan. Koʻrinishi eshakshoʻraga oʻxshab ketadi. Bir tupi 1 mln. dan ortiq urugʻ beradi. Urugʻi 20—30° t-rada … Читать далее

KARTOSHKA

KARTOSHKA (Solanum tuberosum L.) — tomatdoshlar oilasiga mansub tuganak mevali koʻp yillik oʻtsimon oʻsimlik; asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan biri boʻlgan bir yillik oziq-ovqat, texnika va xashaki ekin. Vatani — Jan. Amerika. 150 ga yaqin yovvoyi va madaniy turlari aksariyat Jan. va Markaziy Amerikada oʻsadi. Dehqonchilikda 2 turi and Kartoshkasi (S.andigenum) va chili K. yoki yevropa K. … Читать далее

SARIMSOQ

SARIMSOQ (Allium sativutn) — piyozdoshlar oilasi piyozlar turkumiga mansub ikki va koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turi, sabzavot ekini. Vatani — Oʻrta Osiyo. Yovvoyi xrlda Hindiston, Oʻrta dengiz atroflarida, Qozogʻiston, Sibir, Kavkaz va Oʻrta Osiyoda uchraydi. Oʻzbekistonda yovvoyi Sarimsoq (A. longicuspis Pgl.) togʻli mintaqalarda oʻsadi. Jahondagi deyarli barcha mamlakatlarda yetishtiriladi. Madaniy Sarimsoqning 2 turi mavjud boʻlib, … Читать далее

TOSHBAQATOL

TOSHBAQATOL (Haplophyllum regforatum) — toshbaqatoldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik badboʻy oʻt. Nuqtasimon qora bezlar bilan qoplangan. Boʻyi 3070 sm, poyasi yuqori qismidan shoxlangan. Bargi tolning bargiga oʻxshash uzunchoq, tekis qirrali. Guli sariq, poya va shoxlar uchida qalqonsimon toʻpgul hosil qiladi. Mevasi 4 chanoqli ochilmaydigan koʻsakcha. May — iyudda gullaydi, avg. da urugʻi pishadi. T. Toshkent, … Читать далее

FITOGORMONLAR

FITOGORMONLAR (fito… va gormonlar) , oʻstiruvch i moddalar — oʻsimliklarda qosil boʻlib, ularning oʻsishi va meva hosil qilish jarayonlarini boshqarishda ishtirok etadigan yuqori fiziologik faol moddalar. Oʻsimliklar hayvonlar kabi gormon ishlab chikaradigan maxsus sekretor organlariga ega emas. Fitogormonlarga, odatda, auksinlar, gibberellinlar, sitokinin (kinin)lar, fenoksiatsetat kislota hosilalari va b. kiradi. Fitogormonlar 3 ta umumiy xossaga ega: … Читать далее

QORAKUYA

QORAKUYA — zamburugʻlar qoʻzgʻatadigan oʻsimliklar kasalligi. Asosan, boshokli ekinlar kasallanib, q. x. ga katta zarar yetkazadi. Zararlangan boshoq, roʻvak, soʻta, poya, barg va ildiz boʻyinlari qora sporali massaga aylanadi. Quyidagi turlari koʻp uchraydi va ayniqsa, zararli: bugʻdoy va jav-darning qattiq (badboʻy) Qorakuyasi oʻsimlik tugunchasini yemiradi va «qorakuya xaltachalari» yoki alohida spora holida urugʻlarda saklanadi. Zararlangan … Читать далее

TIZIMGULDOSHLAR

TIZIMGULDOSHLAR, tizimgullilar (Verbenaceae) — ikki urugʻpallalilar sinfiga mansub oʻsimliklar oilasi. Daraxt, buta va oʻtlardan iborat 90 turkumi va 2900 ga yaqin turi bor. Asosan, tropik va subtropik mintaqalarda tarqalgan. Oʻzbekistonda 2 turkumga mansub 4 turi usadi. Poyasi 4 qirrali, barglari qaramaqarshi yoki halqasimon oʻrnashgan; yonbargsiz, gullari zigomorf, toʻpgulli barg qoʻltigʻi yoki poya uchida joylashgan; gultojbarglari … Читать далее