KSILEMA

KSILEMA (ksilo…) — quruqlikda oʻsadigan oʻsimliklarning suv va mineral tuzlarni ildizdan yuqoriga oʻsimlik boʻylab oʻtkazuvchi toʻqimasi. Ksilema tutash qalqalar yoki oʻtkazuvchi naycha tolalari bogʻlami holida joylashadi, Ksilema asl oʻtkazuvchi (traxeidlar va traxeyalar, yaʼni naychalar) va mexaniq (libroform) hujayralardan hamda yogʻoch va nursimon parenximadan iborat. Ksilema hamma hujayralarining devori yogʻochlanadi. Asl Ksilema qirqquloqsimonlar, ochiq urugʻlilar va gulli oʻsimliklarga xos. Koʻp yillik poya va ildizlar Ksilemasi koʻpincha, yogʻoch deb ataladi. Birlamchi K. prokambiydan, ikkilamchi K. esa kambiydan hosil boʻladi

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x