MACHIN

MACHIN, olabutasimon tojixoʻroz (Amaranthus blitoides S. Wate.) — gultojixoʻrozdoshlar oilasiga mansub bir yillik begona oʻt. Poyasi, asosan, yer bagʻirlab oʻsadi, sershox, boʻyi 15 — 50 sm. Barglari choʻziq nashtarsimon, tuksiz, uchi toʻmtoq. Gullari yuqori barg qoʻltiklari va poya uchlarida joylashgan. Koʻrinishi eshakshoʻraga oʻxshab ketadi. Bir tupi 1 mln. dan ortiq urugʻ beradi. Urugʻi 20—30° t-rada yaxshi unadi. Sirdaryo, Samarqand, Qashqadaryo, Toshkent va b. viloyatlarda tarqalgan. Sugʻoriladigan ekinlar: gʻoʻza, sabzavot-poliz, makkajoʻxori, kartoshka va b. ekinlar orasida koʻp uchraydi.

Kurash choralari: ekin qator oralarini kultivatsiya qilish; gerbi-sidlar sepish; oʻtoq qilish.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x