PATNA

PATNA — Hindistonning shim. qis-midagi shahar. Gang daryosining oʻng sohilidagi port. Bihar shtatining maʼmuriy markazi. Transport yoʻllarining muhim tuguni. Q. x. mahsulotlari bilan savdo qilinadigan markaz. Aholisi 1,7 mln. kishi (2001). Ip gazlama, oziqovqat, metallsozlik korxonalari bor. Hunarmandchilikda gilam va parcha toʻqiladi, mebel va metall buyumlar tayyorlanadi. Un-t (1917), muzey, noyob qoʻlyozma asarlar saqlanadigan kutubxona bor. Shaharga mil. av. 5-a. da asos solingan. Hoz. nomi bilan 12-a. dan maʼlum. Qadimda va ilk oʻrta asrlarda Patna oʻrnida Maurya davlati poytaxti — Pataliputra sh. boʻlgan. Ashoka saroyi (mil. av. 3-a.) qoldiklari saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x