MALABO

MALABO (1973-y. gacha Santa-Isabel) — Ekvatorial Gvineya Respublikasi poytaxti. Bioko o. da joylashgan. Ikdimi ekvatorial iqlim, yillik oʻrtacha t-ra 25,4°; yiliga 200 mm chamasida yogʻin yogʻadi. Aholisi 40 ming kishidan ziyod. Shaharga 19-a. ning 20-y. larida inglizlar tomonidan asos solingan. 1843-y. gacha Port-Klarens, oʻsha yildan Santa-Isabel deb atalgan. 1968-y. gacha Ispaniya mustamlakasi Gvineyaningmaʼmuriy markazi boʻlgan, 1968-y. 12 okt. dan mustaqil Ekvatorial Gvineya Respublikasi poytaxti. 1973-y. dan mustamlakachilarga qarshi qoʻzgʻolon boshchisi, qabila boshligʻi nomi bilan Malabo deb atala boshladi.

Malabo — Gvineya qoʻltigʻidagi port (kakao, kofe, mevalar eksport qilinadi). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Taxta tilish va yogʻochsozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Palma moyi va sovun ishlab chiqariladi. Kutubxonalar, muzeylar bor. M. da hukumat idoralari, prezident saroyi joylashgan. Meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x