MARAKAIBO

MARAKAIBO — Venesuelaning shim.-gʻarbiy qismidagi shahar, Suliya shtatining maʼmuriy markazi. Aholisining soni va iqtisodiy ahamiyati jihatidan mamlakatda 2-oʻrinda (Karakas sh. dan keyin); aholisi 1,5 mln. kishi (1990-y. lar oxirlari). Marakaybo neft sanoati r-nining savdo va sa-noat markazi. Yirik port (yillik yuk ortib-tushirish 70 mln. t), asosan, neft sanoati uchun xizmat qiladi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Kimyo, neft kimyosi, oziq-ovqat, toʻqimachilik, koʻn-poyabzal, elektrotexnika, qogʻoz, farmatsevtika, sement, yogʻochsozlik, metallsozlik sanoati korxonalari mavjud. Shaharga 1571-y. da asos solingan. Meʼmoriy yodgorliklaridan mustamlakachilik davrida qurilgan sobor va cherkov saqlangan. Un-t (1891), tarix muzeyi, harbiy muzey, Nafis sanʼat akademiyasi, konservatoriya bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x